Azobenzol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Azobenzol - sodda aromatik azo-birikma; sarg‘ish-qizil rangli kristall. Suvda erimaydi. Suyuqlanish temperaturasi 68°, qaynash temperaturasi 297°. Efirda, muz-lagan sirka kislota va konsentrlangan sulfat kislotada eriydi. A. tolalarga ilashmaydi, o‘zi bo‘yovchi modda emas. Agar A. molekulasiga amin yoki oksiguruhlar kiritilsa, oddiy azobo‘yoqlar hosil bo‘ladi. A.nitrobenzol yoki azoksiben-zolni ishqoriy muhitda pyx kukuni ish-tirokida qaytarib olinadi. A. ishqoriy muhitda pyx bilan qaytarilsa, gidro-zobenzolga, sirka kislotali muhitda qaytarilsa, anilinga, xlorid kislota va qalay ta’sirida qaytarilsa, benzidinga aylanadi. A.ni 1834 y.da nemis kimyogari E. Micherlix topgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil