Azimut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Azimut (arab. – yo‘l, yo‘nalish) (osmon yoritqichi Yerdagi biror narsa va shahrik. azimuti) – kuzatish joyining meridian tekisligi bilan kuzatilayotgan ob’ektdan o‘tgan vertikal (tik) tekislik orasidagi burchak. Agar tik tekislik shoqul chizig‘i (tik chiziq) orqali kuzatish nuqtasidan o‘tsa, A. haqiqiy yoki astronomik A. deyiladi. Geodezik (refe-rens – ellipsoida normaldan o‘tgan) va magnit A. ham mavjud. A. astronomiyada ufqning janubiy nuqtasidan g‘arbga tomon, geodeziyada ufqning shimoliy nuqtasidan sharqqa tomon ufq yoyi bilan o‘lchanadi (0°< a<360°). AZIMUTAL YULDUZ – fundamental astronomiyadagi atama; osmon gumbazidagi vaziyati yaxshi ma’lum bo‘lgan, astro-nomik asbob doimiysini aniqlash uchun kuzatish dasturiga kiritiladigan yorug‘ yulduz.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil