Ballistika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ballistika (yunoncha: ballo — irgʻitaman) — artilleriya snaryadlari, boshqarilmaydigan raketalar, mina, bomba, oʻq va boshqalarning otilgan mahaldagi harakatini oʻrganadigan fan. Ichki, tashqi va eksperimental (tajriba) xillariga boʻlinadi. Ichki B. oʻq otilganda porox gazlarining taʼsiri bilan oʻqning stvol ichidagi harakatini, poroxning yonishi oqibatida hosil boʻladigan bosimini oʻrganadi. Tashqi B. oʻqning havodagi harakatini va uning moʻljallangan nishonga tegish qonunini oʻrganadi. Eksperimental B. tajriba, tekshirish va sinash qonuniyatlari bilan shugʻullanadi. Ichki va tashqi B. fizikamat. fanlariga suyanadi. Tashqi B. uchun asos fanlar: nazariy mexanika, meteorologiya va aerodinamika. Ichki B. uchun muhim fanlar — nazariy mexanika, molekulyar fizika, termodinamika, gaz dinamikasi va portlash nazariyasi fanlari. B. fanining yuzaga kelishi N. Tartali, G. Galiliyey, N. Nyuton, L. Eyler va A. N. Kroʻlov nomlari bilan bogʻliq.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil