Azim Rahimov
Qiyofa

Azim Rahimov (1925.27.2 — Buxoro — 1997.17.5) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi serjant. 1943-yildan armiya safida. 221-gvardiyachi oʻqchi polki (1-Belorussiya fronti, 69-armiyaning, 77-gvardiyachi oʻqchi diviziyasi) vzvod komandiri oʻrinbosari, gvardiyachi serjant. Rahimov 1945-yil 14—15 yanvarda Polshaning Zvolen shahri uchun boʻlgan janglarda jasorat koʻrsatgan. 1945-yil 27-fevralda Qahramon unvoni berilgan. Urushdan soʻng Buxoro shahrida turli sohalarda ishlagan; shahar koʻchalaridan biri Rahimov nomi bilan atalgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |