Ayshe Dittanova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fayl:Ayşe Dittanova.jpg
Ayshe Dittanova

Ayshe Dittanova ( qrim tatarcha: Ayşe Dittan; 1918-yil 27-fevral - 2015-yil-15 noyabr) - qrim aktrisasi, Qrim-tatar drama teatrini qayta tiklash tashabbuskori. [1] Ukrainada xizmat ko'rsatgan artist (1993). [2]

Yoshligi va ta'lim ma'lumoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayshe Dittanova 1918-yil 27-fevralda Dereko'y (hozirgi Qrimning Yalta shahri tarkibiga kirgan qishloq) qishlog'ida tug'ilgan . [3] 1933-yilda Dittanova Simferopol teatr kollejini tamomlagan. [4] O'qishni tugatgach, u Qrim drama teatri truppasida ishlay boshladi. [5]

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

1937-yilda SSSRda Qrim tatarlariga qarshi qatag'onlar boshlandi va Dittanovaning opa-singillari "xiyonat"da ayblanib o'ldirildi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, Dittanova unga kichik epizodik rollar berilgan bo'lsa ham, teatrni tark etmadi. [1] Uning "Boxchasaroy favvorasi" spektaklidagi roli Dittanovaning sahnadagi faoliyatidagi eng muhimi hisoblanadi. [4]

1938-yilda Dittanova Qrim-tatar teatrida ishlagan Mejit Asanovga turmushga chiqdi va ular ikki qiz va bir o'g'ilni tarbiyalashdi. [1]

Ikkinchi jahon urushi boshlanganda, Dittanova boshqa sahna aktyorlari bilan birga Qrimda askarlar uchun namoyishlar o'tkazgan va 1944-yilda u Tojikistonning Leninobod shahriga yuborilgan. [1] U yerda 1946-1951 yillarda Leninobod rus drama teatrida teatr aktrisasi sifatida faoliyatini davom ettirdi. SSSRning totalitar siyosati tufayli Dittanovaga, boshqa qrim-tatar aktyorlari singari, milliy san'at bilan shug'ullanishga ruxsat berilmagan. [6]

1989-yilda Dittanova Qrimga qaytib keldi va darhol Qrim-tatar teatrini tiklash ustida ishlay boshladi. [1] Teatr qayta tiklangach, Dittanova 1990-yildan 1996-yilgacha u yerda ishladi [7] .

1993-yilda Dittanova madaniyat rivojiga qo'shgan katta hissasi uchun Ukrainada xizmat ko'rsatgan artist unvoniga sazovor bo'ldi. [2] 1996-yildan u Nyu-Yorkda yashagan. [5] U Qrimga bir necha bor tashrif buyurgan va 2010-yilda Simferopoldagi Qrim-tatar kutubxonasida ijodiy uchrashuvda ishtirok etgan. [4]

2014-yilda u BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida qrim-tatarlar deportatsiyasining 70 yilligiga bag'ishlangan marosimda nutq so'zlagan. [8]

Ma'lumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „KIRIM TATAR TİYATROSUNUN SÖNMEYEN YILDIZI AYŞE DİTTANOVA“ (tr). Tarihistan.org - Haber, Kültür, Dış Politika, Siyaset, Gündem. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":0" defined multiple times with different content
  2. 2,0 2,1 „Про присвоєння почесних звань України майстрам сцени Кримсько-татарського музично-драматичного театру, м. Сімферополь“ (uk). Офіційний вебпортал парламенту України. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":2" defined multiple times with different content
  3. „Айше ДИТАНОВОЙ (1918)“ (ru-RU). Республиканская крымскотатарская библиотека им. И. Гаспринского. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 „В Симферополе состоялась творческая встреча с Айше Диттановой“ (ru-RU). Милли Фирка (2010-yil 3-may). Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":1" defined multiple times with different content
  5. 5,0 5,1 „Вісім видатних кримських татарок“ (uk). Іслам в Україні (2016-yil 9-mart). 2016-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":3" defined multiple times with different content
  6. „New-Yorkta aktrisa Ayşe Dittanova vefat etti“. Qırım.Aqiqat. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  7. „Meryem İbraimova Qırım MilliyTeatro Artisti“ (tr). Kırım'ın Sesi Gazetesi (2018-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  8. „В ООН відбулась церемонія присвячена 70-й річниці депортації кримських татар“ (uk). VOA. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.