Ayollar oʻrtasidagi Albaniya milliy futbol chempionati
Davlat |
![]() |
---|---|
Konfederatsiya | UEFA |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | 1-darajali |
Tashkil etilgan | 2009-yilda |
Jamoalar soni | 11 ta |
Ichki kuboklar | Albanian Womenʼs Cup |
Xalqaro musoboqalar | UEFA Womenʼs Champions League |
Amaldagi chempion | KF Vllaznia Shkodër |
Eng koʻp marta chempion | KF Vllaznia Shkodër (9 marta) |
Veb-sayt | Official website |
Amaldagi oʻyin | 2021-2022-yilgi mavsum Ayollar oʻrtasidagi Albaniya milliy futbol chempionati |
Ayollar oʻrtasidagi Albaniya milliy futbol chempionati (alban: Kampionati Kombëtar i Futbollit për Femra), baʼzi manbalarda Albaniya ayollar milliy chempionati deb ham ataladi, Albaniyadagi ayollar futbolining eng yuqori diviziyasi. Ayollar oʻrtasidagi Albaniya milliy futbol chempionati joriy mavsumida 11 ta klub kurash olib bormoqda.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Futbol Albaniyada eng ommabop sport turlaridan biri hisoblansa-da, ayollar futboli 2007-yilga qadar mamlakatda tarixan yaqqol keng moqyosda namoyon boʻlmagan. 2007-yil 15-18-avgust kunlari Saranda shahrida ayollar futbolini ommo oldida reklama qilish maqsadida tarixda birinchi milliy turnir oʻtkazilgan. Ushbu turnida ishtirok etgan jamoalar ham Tirana, Shkodra, Korsa va Rubik shaharlaridan kelgan oʻyinchilardan tashkil topgan havaskor jamoalar edi[1]. Keyingi ikki yil ichida sportning nufuzini oshirish va rasmiy ayollar oʻrtasidagi Albaniya milliy futbol chempionatini boshlash uchun Albaniya futbol assotsiatsiyasining ko‘magini ostida yana oltita o‘rtoqlik turniri o‘tkazildi[2].
Albaniyadagi birinchi norasmiy turnirdan ikki yil oʻtib, birinchi rasmiy musobaqa 2009-yil 23 va 28-yanvar kunlari Tirandagi Selman Stërmasi stadionida boʻlib oʻtdi. Turnirda sakkizta jamoa ishtirok etdi. Ular: Tirana AS, FC Tropoja, Juban Danja, Olimpik Tirana, Tirana, KF Rubiku, KF Memaliaj va KF The Door Shkodra.
2009-yilning 23-yanvar kuni chorak final, 25-yanvar kuni yarim final, uch kundan keyin, 28-yanvar kuni, „Selman Stërmasi“ stadionida final bahslari boʻlib oʻtdi. Final uchrashuvi Altin Rraklli va Juban Danja boshchiligidagi Tirana AS jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi va Aurora Seranaj, Ana Baro va Brisida Zaimajning ikkita golidan soʻng Tirana ASning 4:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Tirana AS jamoasi Albaniyaning ilk chempioni deb tan olindi[3].
Joriy klublar (2021-2022-yilgi mavsum)[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2013 yil oxiriga kelib, Ada of Velipojë jamoasi qayta tashkil etildi, yaʼni Shkodër jamoasioʻyinchilar bilan birlashdi va oʻsha paytdan boshlab Vllaznia nomi ostida oʻynadi.
# | Club | Joylashgan shahar |
---|---|---|
1. | Apolonia | Fier |
2. | Atletik Club | Shkodër |
3. | Kinostudio | Tirana |
4. | Lushnja | Lushnjë |
5. | Murlani | Vau i Dejës |
6. | Partizani | Tirana |
7. | Skënderbeu | Korçë |
8. | Teuta | Durrës |
9. | Tirana | Tirana |
10. | Tirana AS | Tirana |
11. | Vllaznia | Shkodër |
Chempion jamoalar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum | Chempion | Ikkinchi oʻrin |
---|---|---|
2009 | Tirana AS | Juban Danja |
2010-2011 | Ada | - |
2011-2012 | Ada | Tirana AS |
2012-2013 | Ada | Juban Danja |
2013-2014 | Vllaznia * | Kinostudio[4] |
2014-2015[5] | Vllaznia | Kukësi |
2015-2016[6] | Vllaznia | Tirana AS |
2016-2017[7] | Vllaznia | Apolonia |
2017-2018 | Vllaznia | Tirana AS |
2018-2019 | Vllaznia | Tirana AS |
2019-2020 | Vllaznia | Apolonia |
2020-2021 | Vllaznia | Apolonia |
2021-2022 | Vllaznia | Apolonia |
Jamoa | Joylashgan shaar | Chempionliklar soni |
---|---|---|
KF Vllaznia | Shkodër | 9 |
Ada | Velipojë | 3 |
Tirana AS | Tirana | 1 |
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Albania 2007
- ↑ Hapa seriozë të futbollit të femrave Shqiptare
- ↑ Albania 2009
- ↑ „Vllaznia (new name for Ada) wins the 1st title“. sport ekspres.com. 30-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-mart 2014-yil.
- ↑ „VLLAZNIA PER FEMRA, SHPALLET KAMPIONE E VENDIT“ (sq). rozafa.tv (12-aprel 2015-yil). Qaraldi: 21-aprel 2015-yil.
- ↑ „Archived copy“. 24-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-may 2016-yil.
- ↑ „Vllaznia privatizon titullin për femra (Vllaznia wins title)“ (sq). supersport.al (22-aprel 2017-yil). Qaraldi: 23-aprel 2017-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Federatsiya veb-saytidagi turnir jadvali
- Liga uefa.com saytida