Axtamqul Karim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Axtamquli — Axtamqul Karim— 1964-yil 20-mart kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani  Shotiroʻd qishlogʻida tugʻilgan. Oʻzbekiston  Milliy universiteti qoshidagi Oliy Adabiyot kursida tahsil olgan[1]. Ayni damda "Tong yulduzi" gazetasining  boʻlim muharriri boʻlib ishlaydi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning „Bodomginam“ (2003), „Qorachiqda asraganimsan“ (2005), „Bahorimdan kechikkan gul“ (2007), „Qirq gʻazal“ (2009), „Boshimda osmon aylanar“ (2014), „Qarogʻimda gullaydi Vatan“ (2016), „Soʻz chamani“ (2020) nomli sheʼriy hamda „Ibratli hayot“ (2005), „Baxt izlagan Odam“ (2007), „Yakkabogʻda ulgʻaygan chinor“ (2013) nomli biografik qissa va „Togʻlar ham qariydi“ (2012), „Lolazorim Shotiroʻd“ (2020) nomli hikoyalar toʻplamlari chop etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]