Tong yulduzi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"TONG YULDUZI" — bolalar va oʻsmirlar gazetasi. Muassis — Oʻzbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati. Haftada 2 marta chiqadi. Birinchi soni 1929 y. 1 avg .da Samarkandda "Lenin uchquni" nomi bilan chiqqan (3000 nusxada); 1931 yildan Toshkent shahrida chop etiladi. Ikkinchi jahon urushi yillari gaz.ni nashr etish vaqtincha toʻxtatilgan. 1946 y. 1 iyuldan yana nashr qilina boshlagan. 1992 yildan hozirgi nomda. Gaz.ga turli davrlarda Hotam Qirgʻiz, Y.Shamsharov, Sanjar Tilla, Ramz Bobojon, Gʻ.Jahongirov, S. Yoʻldoshev, J. Razzoqov, A. Koʻchimov, A.Berdimurodov va boshqa muharrirlik qilishgan. Sahifalarida Oʻzbekistondagi maktab oʻquvchilari hayotiga oid maqola va xabarlar, ular ijodidan namunalar, bolalar uchun badiiy asarlar va boshqa bosiladi.

Adadi 50.000 (2004). Muharriri Umida Abduazimova (1995 yildan).