Axtam Oʻrolov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Axtam Sindorovich Oʻrolov
Tavalludi 13-aprel 1947-yil (1947-04-13) (77 yosh)
Qoʻshrabot tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi arxitektor
Sohasi arxitektura
Taʼlimi Toshkent politexnika instituti
Ilmiy darajasi arxitektura fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Axtam Sindorovich Oʻrolov (1947-yil 13-aprel, Qoʻshrabot tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, arxitektura fanlari doktori (1998), professor (2018).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axtam Oʻrolov 1947-yil 13-aprelda Qoʻshrabot tumanida tug‘ilgan[1]. 1969-yilda Toshkent politexnika institutini arxitektura mutaxasisligi bo‘yicha bitirgan. 1969—2017-yillarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti arxitektura fakultetida assistent, dotsent, professor, kafedra mudiri, fakultet dekani lavozimlarida ishlagan. 2017-yildan ushbu institutning „Arxitekturaviy loyihalash“ kafedrasi professori.

Ilmiy faoliati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axtam Oʻrolov 1976-yilda Lelingrad muhandislik-qurilish institutida arxitektura fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1998-yili Toshkent arxitektura-qurilish institutida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. 2018-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 350 dan ziyod ilmiy ishlar, shu jumladan, 14 ta monografiya, 6 ta darslik, 11 ta o‘quv qo‘llanmalar muallifi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 

Andoza:OʻTOE