Axsiy Poyanda Oxund

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Axsiy Poyanda Oxund - tasavvuf allomasi, shoir

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axsiy Axsikatiy deb zikr etilgan shoir Axsiy XVI asrning birinchi choragida Axsikatda ziyoli oilasida dunyoga keldi. Uning isteʼdodi yoshligidanoq namoyon boʻldi. U tahsilini davom ettirish maqsadida Samarqandga yoʻl oldi. Soʻngra Axsiy darvesh va soʻfiylar majlislarida boʻlish maqsadida balx shahriga boradi. U yerda mashhur mutasavvuf olim Xirad Axsikatiyda taʼlim oladi. Ustozi qoʻlidan xirka kiyib, irshod olgach, u Buxoro hududiga kelib xalqni maʼrifatga hidoya qiladi. Qisqa muddat ichida uning atrofiga koʻplab muridlar toʻplanadi. U naqshbandiylik tariqatining fidoiy targʻibotchisi, maʼrifatparvarlik faoliyatining davomchisi boʻlgan. Oʻsha davrdagi Buxoro hukmdori Boqimuhammad Bahodurxon shahar chetidagi Ali Sulaymon koʻprigi yonida Mavlono Axsiy uchun maxsus xonaqoh qurdirib beradi. Bu xonaqoh qurilishi va jihozlash usuli jihatidan XVI asrning eng goʻzal obidalaridan biri hisoblangan. XVI-XVII asr vaqf hujjatlariga nazar solinganda, Fayzobod xonaqohiga bir necha ming tanob yer, oʻnlab doʻkonlar, tegirmon va hammom vaqf qilingan.Bu yerlardan keladigan daromadlarning katta qismi xonaqoh ahliga, musofirlarga, soʻfiylarga, kambagʻal-qashshoq bechoralarga, etim-esirlarga sarflanganAndoza:Yo'ldoshev N. "Buxoro avliyolarining tarixi". Buxoro. 1997. 96-bet.. Fayzobod mavzesida Poyanda Muhammad Fayzobodiy tashabbusi va mablagi bilan 1596-1597 yillarda Fayzobod xonaqohi, hujralar, gumbazli tahoratxona va gʻuslxona qurdirilgan. Mavlono Axsiy vafotidan soʻng xonaqoh yoniga dafn etilgan== Manbalar == Andoza:Homidiy X. "Tasavvuf allomalari".O'zbekiston. Toshkent. 2016.375-376 bet.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.Yo'ldoshev N. "Buxoro avliyolarining tarixi". Buxoro. 1997. 96-bet. 2.Homidiy X. "Tasavvuf allomalari".O'zbekiston. Toshkent. 2016.375-376 bet.