Kontent qismiga oʻtish

Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarini tadqiq qilish va rivojlantirish markazi (Albaniya)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarini tadqiq qilish va rivojlantirish markazi
Qendra për Kërkim dhe Zhvillim në Teknologjitë e Informacionit dhe Komunikimit
Asos solingan sanasi 5-dekabr, 2007-yil(2007-12-05)
Veb-sayti itc.upt.al/qkzh.html
Fayl:Inima logo gnu.png

Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar boʻyicha tadqiqot va ishlanmalar markazi (albancha: Qendra për Kërkim dhe Zhvillim në Teknologjitë e Informacionit dhe Komunikimit), Ilgari INIMA yoki Informatika va amaliy matematika instituti sifatida tanilgan. 2007-yildan buyon Tirana Politexnika Universiteti bilan bogʻlangan Albaniyaning Tirana shahridagi texnologiyalar boʻyicha tadqiqot institutiga aylantirilgan. Muassasaning bir qismi 1986-yilda Hisoblash matematikasi markazi (QMLL) negizida tashkil etilgan. Yana boshqa bir binosi esa 1971-yilda Tirana Universitetiga (TU) bogʻliq holda tashkil topgan va 1973-yilda Albaniya Fanlar akademiyasi tashkil etilgan davrda, Akademiya tarkibidagi ilmiy muassasalardan biriga aylangan[1].

Informatika va amaliy matematika boʻyicha eng koʻzga koʻringan mutaxassislarga ega boʻlgan INIMA Albaniyadagi barcha informatika ishlanmalarida, mamlakatning turli sohalarida zamonaviy usullar va texnologiyalarni joriy etishda muhim rol oʻynaydi. Jumladan, iqtisodiyot, muhandislik, geologiya va togʻ-kon sanoati, tibbiyot va sogʻliqni saqlash, dehqonchilik, chorvachilik va boshqa yangi sohalardagi mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, turli ilmiy xizmatlarni taklif qilish, kompyuter tizimlarini oʻrnatish va texnik xizmat koʻrsatish singari faoliyatlar bilan ham shugʻullanadi[2].

2007-yilda Vazirlar Kengashining qarori bilan (2007-yil 28-martdagi № 146) INIMA faoliyati tugatilgan va Tirana Politexnika Universiteti tarkibida qayta tashkil etilgan. INIMA nomi „Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar boʻyicha tadqiqot va ishlanmalar markazi“ deb oʻzgartirilgan (Vazirlar Kengashining 5-dekabr 2007-yildagi 824-son qaroriga binoan)[3].

Sobiq INIMA obyekti madaniy meros yodgorligi deb eʼlon qilingan va 2007-yil 5-martdagi 122-sonli hukumat qarori bilan tasdiqlangan[4].

  1. „Strategjia Ndërsektoriale e Shoqërisë së Informacionit“.
  2. Frashëri. „First Web Applications in Albania“ (1996-yil 25-aprel).
  3. „About us (in Albanian)“. 2021-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-aprel.
  4. LISTA E MONUMENTEVE: RRETHI I TIRANËS (sq). Instituti i Monumenteve të Kulturës - Ministria e Kulturës. Qaraldi: 12 gusht 2017.  (Wayback Machine saytida 2016-06-29 sanasida arxivlangan)