Kontent qismiga oʻtish

Avtomobil dvigateli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtomobil dvigateli – avtomobilni harakatga keltiruvchi qurilma. Avtomobil dvigateli 2,3,4 va undan ortiq silindrli boʻlib, ular bir qator yoki "V" tartibida joylashtiriladi. Zamonaviy avtomobillardan eng keng tarqalgani porshenli ichki yonuv dvigateli. Ish jarayoni boʻyicha ikki taktli dvigatel va toʻrt taktli dvigatellarga, yonilgʻining alangalanishi boʻyicha uchqundan alangalanadigan karbyuratorli dvigatellarga va dvigatel silindrlarida yonilgʻi oʻz-oʻzidan alangalanadigan dizel dvigatellariga boʻlinadi. Karbyuratorli Avtomobil dvigatelida karbyuratorda tayyorlanadigan benzin bugʻlari bilan havo aralashmasidan iborat yonilgʻi aralashmasi silindrlarga uzatiladi. Dizel dvigatellarida silindrlarda qisilgan havoga yuqori bosimda dizel yonilgʻisi purkaladi. Zamonaviy Avtomobil dvigateli silindrlar bloki, krivo-ship-shatunli mexanizm, gaz taqsimlash mexanizmi, sovitish tizimi, moylash tizimi, ta’minlash tizimi (karbyuratorli dvigatelda yonuvchi aralashma tayyorlab, uni silindrlarga kiritadi, dizellarda esa silindr ichiga yonilgʻini purkaydi), oʻt oldirish tizimi (karbyuratorli dvi-gatelda)dan iborat. Zamonaviy yengil avtomobillarning dvigateli quvvati 15 – 310 kVt gacha, yuk avtomobillariniki 220 kVt gacha boʻladi. Bulardan tashqari rotorli-porshenli, gaz-turbinali dviga-tellar ham ishlatiladi[1].

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. Dunyodagi eng kuchli motorlar, 2021-03-31da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-07-21