Kontent qismiga oʻtish

Avtomat oxur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtomat oxur — qishloq xoʻjaligi hayvonlarini yem bilan boqishni qulaylashtirish uchun moʻljallangan qurilma. U bir necha kunga yetarli yem solinadigan dul (kovsh) va oxurdan iborat. Doʻlning tubida yem chiqadigan tuynugi bor. Oxurdagi yem sarflangan sari tuynuk ochiladi, doʻldan oxurga yem tushadi. Suyuq va maydalangan yemlar uchun esa vakuumli avtomat oxur qoʻllanadi. Uning doʻli silindr shaklida boʻladi. Asosan oʻrtacha fermalarda ishlatiladi. Parrandachilik fermalarida don-dun va suv tushib turishiga moslangan avtomat oxur qoʻllanadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil