Oxur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oxur — chorva mollari (qoʻy, echki, sigir, ot)ga yem-xashak (pichan, silos, aralash ozuqa) beriladigan moslama (idish). Katta-kichikligi, yuza-chuqurligi mollarning soniga, yoshiga, turiga, boqilish usuliga qarab belgila-nadi. Asosan yogʻochdan yasaladi, baʼzan metall, plastmassa, betondan ham qurilishi mumkin. O.ning bir tomonlama (mollar faqat bir tomondan ov-qatlanadigan), ikki tomonlama, umumiy va aloqida-alohida, muqim (statsionar) va koʻchma xillari boʻladi. Yilqichilik fermarlarida devorga osib qoʻyiladigan O. ham boʻlishi mumkin. Zamonaviy fermalarda, asosan, avtomat oxur qoʻllanadi. Parrandachilik fer-merlarida don-dun va suv tushib turishiga moslangan avtomat-O.dan foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil