Avstriya Archgersoginyasi Assunta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Archduchess Assunta
Tugʻilishi 10-avgust 1902-yil
Vienna, Austria[1]
Vafoti 24-yanvar 1993-yil(1993-01-24)
(90 yoshda)
San Antonio, Texas
Turmush oʻrtogʻi Joseph Hopfinger
Farzandlari Maria Teresa Hopfinger
Juliet Elisabeth Hopfinger
Uy Habsburg-Tuscany
Otasi Archduke Leopold Salvator of Austria
Onasi Infanta Blanca of Spain

Avstriya Archgersoginyasi Assunta(nemischa: Assunta, Erzherzogin von Österreich-Toskana 1902-yil 10-avgust — 1993-yil 24-yanvar) Avstriyaning Archduke Leopold Salvator va Infanta Blanca kenja qizi. U Habsburg imperatorlik uyi Toskana boʻlimining aʼzosi, Avstriya archgersoginyasi va Toskana malikasi edi. Assunta Gabsburglar monarxiyasi qulagandan keyin Ispaniyaning Barselona shahrida surgunda yashagan. U 1936-yilda Ispaniya fuqarolar urushi paytidagi tartibsizliklar tufayli Barselonani tark etishga majbur boʻldi. 1939-yilda u polshalik shifokor Jozeph Hopfingerga turmushga chiqqan. 1942-yilda er-xotin AQShga koʻchib oʻtishgan. Archgersoginya Assunta va uning eri ikki qizi bor edi, lekin ular 1950-yilda ajrashishdi. U Texasning San-Antonio shahriga koʻchib oʻtdi.

Leopold Salvatore va uning oilasu

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Assunta 1902-yil 10-avgustda Avstriyaning Vena shahrida tugʻilgan. U Avstriyaning Archduke Leopold Salvator (1863-1931) va uning rafiqasi ispaniyalik Infanta Blankaning (1868-1949) o‘n nafar farzandining sakkizinchisi edi. Tugʻilgan paytida unga Assunta Alice Ferdinandine Blanca Leopoldina Margarethe Beatrix Raphaela Michaela Philomena ismi berilgan[2].

Assunta Gabsburg monarxiyasining soʻnggi davrida oʻsgan. U koʻplab aka-uka va opa-singillari bilan ota-onasiga tegishli boʻlgan turli mulklarda oʻsgan. Ularning asosiy qarorgohi Venaning Widen tumanidagi Toskana saroyi boʻlgan. Dam olish kunlarini Infanta Blancaga tegishli boʻlgan la Tenuata Real mulkida oʻtkazishgan Assuntaning ota-bobolari Avstriya, Toskana va Sitsiliya, Ispaniya, Parma, Modena, Portugaliya va Fransiyada hukmronlik qilgan.

Assunta ota-onasi va opa-ukalari bilan birga

Surgun[tahrir | manbasini tahrirlash]

Assunta Birinchi jahon urushi tugaganidan keyin Gabsburg monarxiyasi qulaganida oʻn olti yoshda edi, bu uning yashash tarzida keskin burilishga sabab boʻldi. Avstriya respublika hukumati Gabsburglarning mulklarini musodara qildi va oila butun boyliklarini yoʻqotdi[3]. Assuntaning eng katta akalari Archgertsog Rayner va Leopold Avstriyada qolib, yangi respublikani tan olishdi, qolgan oila aʼzolari esa 1919-yil yanvarda Ispaniyaga koʻchib ketishgan[2]. Assuntaning uchta katta opasi, archduchess Dolores, Inmaculata va Margaretha boʻysunuvchan, Assunta va Mariya Antonia koʻproq isyonkor edi.

Barselonada yashayotgan Assunta singlisi Maria Antoniaga ergashib, dinga tobora koʻproq berilib ketgan[4]. Ota-onalari dindor katolik boʻlishsa-da, kenja qizlarining diniy ishtiyoqi ularni tashvishga solardi. Mariya Antonia rohiba boʻlish istagidan voz kechdi va kambagʻal mayorkan aristokratiga turmushga chiqqan, ammo Assunta rohiba boʻlishga qatʼiy qaror qilgan[5]. Voyaga yetmagan Assunta Janubiy Amerikaga kemada qochib ketmoqchi boʻlganidan soʻng Ota onasi unga rohiba boʻlishi uchun ruxsat berishgan[6]. Ularning ruxsati bilan Assunta Barselona yaqinidagi Santa Tereza de Tortosa monastiriga kirgan[7]. Ispaniyada fuqarolar urushi boshlanganda monastir hujumga uchradi va rohibalar oʻz hayotlarini saqlab qolish uchun qochishga majbur boʻlishgan. Assuntaga oʻxshagan, hali soʻnggi vaʼdalarini qabul qilmaganlar, dunyoviy hayotga qaytishlari mumkin edi. Assunta rohibalikni tark etishga ruxsat oldi va oʻsha paytda Viaregjioda yashovchi onasi va turmushga uylanmagan aka-ukalariga qoʻshildi[8]m 1930-yillarning oxirida Assunta akalaridan biri orqali yahudiy polshalik shifokor Jozeph Hopfinger (1905-1992) bilan uchrashdi[9]. Onasining qarshiliklariga qarshi, ular 1939-yil sentabr oyida Shveytsariyada turmush qurishgan. Koʻp oʻtmay, uning eri Fransiya armiyasiga chaqirilgan va demobilizatsiya qilingan[10]. 1940-yil dekabrda ularning katta qizi Tereza tugʻilgan[11].

Keyinchalik hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniyada yahudiylarning taʼqibga uchrashi Assuntani, uning eri va goʻdak qizini Yevropani tark etishga majbur qilgan. Erining ikkala ota-onasi ham ruslar tomonidan oʻldirilgan, chunki ularning mulki hozirgi Lvov (Ukraina) minerallarga boy mintaqada edi. Uning eri yahudiy bo‘lgani uchun ular Assuntaning Amerikada yashovchi aka-uka Leopold va Frans Jozeflar yordamida Nyu-Yorkka koʻchib borishga qaror qildilar[12]. Assuntaning eri shifokor boʻlib ishlagan, ikkinchi qizi 1942-yilda Nyu-Yorkda tugʻilgan[13].

Archduchess Assuntaning Jozeph Hopfinger bilan nikohidan ikkita qizi bor edi:

  • Mariya Tereza Hopfinger b. 5-dekabr 1940-yilda (1961-1967) tugʻilgan. Uning ikki farzandi bor edi.
  • Juliet Elizabet Mariya Assunta Hopfinger b. 1942-yil 30-oktabr. Besh marta oila qurgan. Uchta farzandi bor edi.

Biroq, nikoh muvaffaqiyatli boʻlmadi[14]. Yevropalik malikaga uylangan Assuntaning eri xotinidan boylik meros qilib olishni umid qilgan. Er-xotin urushdan keyin 1950-yil 25-iyulda ajrashishgan[14].

Archduchess Assunta qizlari bilan San-Antonioga (Texas) koʻchib oʻtib umrining oxirigacha shu yerda yashagan. U katolik cherkoviga qattiq bogʻlanib qolgan va oʻzini va ikki yosh bolasini boqish uchun turli ishlarni bajargan[14]. Umrining oxirida u omon qolgan ukalarini koʻrish uchun Yevropaga bir marta sayohat qilgan. Assunta 1993-yil 24-yanvarda 90 yoshida San-Antonioda (Texas) vafot etgan[14].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Harding, Lost Waltz, p. 20
  2. 2,0 2,1 McIntosh, The Archduchess From Texas, p. 36
  3. McIntosh, The Unknown Habsburgs, p. 48
  4. Harding, Lost Waltz, p. 115
  5. Harding, Lost Waltz, p. 135
  6. Harding, Lost Waltz, p. 140
  7. Harding, Lost Waltz, p. 145
  8. Harding, Lost Waltz, p. 237
  9. Harding, Lost Waltz, p. 280
  10. Harding, Lost Waltz, p. 281
  11. Harding, Lost Waltz, p. 282
  12. Harding, Lost Waltz, p. 291
  13. Harding, Lost Waltz, p. 292
  14. 14,0 14,1 14,2 14,3 McIntosh, The Archduchess From Texas, p. 37

Ajdod[tahrir | manbasini tahrirlash]

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
16. Ferdinand III, Grand Duke of Tuscany
 
 
 
 
 
 
 
8. Leopold II, Grand Duke of Tuscany
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
17. Princess Luisa of Naples and Sicily
 
 
 
 
 
 
 
4. Archduke Karl Salvator of Austria
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
18. Francis I of the Two Sicilies
 
 
 
 
 
 
 
9. Princess Maria Antonia of the Two Sicilies
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
19. Infanta Maria Isabella of Spain
 
 
 
 
 
 
 
2. Archduke Leopold Salvator of Austria
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
20. Francis I of the Two Sicilies (= 18)
 
 
 
 
 
 
 
10. Ferdinand II of the Two Sicilies
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
21. Infanta Maria Isabella of Spain (= 19)
 
 
 
 
 
 
 
5. Princess Maria Immacolata of Bourbon-Two Sicilies
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
22. Archduke Charles, Duke of Teschen
 
 
 
 
 
 
 
11. Archduchess Maria Theresa of Austria
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
23. Princess Henrietta of Nassau-Weilburg
 
 
 
 
 
 
 
1. Archduchess Assunta of Austria
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
24. Infante Carlos María Isidro of Spain
 
 
 
 
 
 
 
12. Infante Juan, Count of Montizón
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
25. Infanta Maria Francisca of Portugal
 
 
 
 
 
 
 
6. Infante Carlos, Duke of Madrid
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
26. Francis IV, Duke of Modena
 
 
 
 
 
 
 
13. Archduchess Maria Beatrix of Austria-Este
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
27. Princess Maria Beatrice of Savoy
 
 
 
 
 
 
 
3. Infanta Blanca of Spain
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
28. Charles II, Duke of Parma
 
 
 
 
 
 
 
14. Charles III, Duke of Parma
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
29. Princess Maria Teresa of Savoy
 
 
 
 
 
 
 
7. Princess Margherita of Bourbon-Parma
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
30. Prince Charles Ferdinand, Duke of Berry
 
 
 
 
 
 
 
15. Princess Louise of Artois
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
31. Princess Marie Caroline of Naples and Sicily