Kontent qismiga oʻtish

Avstraliyadagi ommaviy axborot vositalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avstraliyada ommaviy axborot vositalari anʼanaviy va raqamli formatlarni oʻz ichiga oladi va asosan ingliz tilida nashr qilinadi. U radio, televideniye, bosma nashrlar, internet va IPTV kabi turli ommaviy axborot vositalari orqali taqdim etiladi. Ushbu media oʻz ichiga mahalliy, mintaqaviy, davlat, federal va xalqaro ommaviy axborotlarni, Avstraliya yangiliklari, siyosati, muammolari va madaniyati haqida xabar berishga qaratilgan.

2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra axborot vositalari va telekommunikatsiya sohalarida ishlaydigan kishilarning Avstraliya aholisining ulushidagi geografik jihatdan statistik mahalliy hududga boʻlingan holati.

Avstraliyada ommaviy axborot vositalarining kamayishi va jurnalistlarni qoʻrqitishining oshishiga koʻra, Matbuot erkinligi indeksi pasayishiga olib kelgan. Shu jumladan ommaviy axborot vositalari kompaniyalari siyosiy rahbarlar bilan yaqin aloqalarni saqlab qolishga harakat qilmoqda. Bu esa muharrirlik mustaqilligi haqidagi shubhalarni kuchaytirmoqda[1]. Avstraliyada ommaviy axborot vositalarida ikki ulkan kompaniya hukmronlik qiladi. Nine Entertainment va News Corp Australia Amerikadagi News Corpning shoʻbalari hisoblanadi. 2018-yilda mamlakat 180 mamlakatdan 19-oʻrinni egallagan. Keyinchalik 2020-yil uchun 180 mamlakatdan 26-oʻringa va 2022 yilda 39-oʻrinlarga tushgan[1].

Radio eshittirishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avstraliyaning birinchi muntazam radio uzatuvlari 1923-yil 23-noyabrda Sidneyda 2SB (keyinchalik 2BL deb nomlangan) stansiyasida uzatila boshlangan[2]. ABC televideniyesi 1932-yilda televideniyega efir uzatishni boshlagan. Talkback radiosi birinchi marta Sidneyda 1967-yil 17-aprel kuni yarim tundan keyin 2UE bilan eshittirilgan[3]. ABC 1960-yillarda FM stansiyalari bilan ishlashni boshlagan. Ammo 1980-yil iyul oyida birinchi FM stansiyasi toʻliq faoliyatni boshlagan[4]. Melburn shahridagi 3EON (hozir Triple M deb tanilgan) FM stansiyasi edi[4][5].

2009-yilda 274 ta tijorat stansiyasi (reklama mablagʻlari orqali daromad qiladi) va 341 ta davlat (davlat tomonidan mablagʻ bilan taminlangan) radiostansiyasi mavjud boʻlgan[6].

Milliy yangilik radioeshittirishlari tarkibida 4 ta milliy radiostansiya tarmoqlarini (shu jumladan ABC NewsRadio va Radio National) boshqaradigan Avstraliya Telekommunikatsiya Korporatsiyasi, ABC Yerli Radiosi orqali 53 ta mahalliy yangilik stantsiyasi va bir nechta raqamli radio stantsiya mavjud boʻlgan va koʻp tilli Avstraliya telestansiyasi orqali ishlab chiqarilgan yangiliklarni taqdim etadigan maxsus telekanal xizmati ham yoʻlga qoʻyilgan.

Netflix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Netflix Avstraliya va Yangi Zelandiyada 2015-yil 24-martdan foydalanila boshlangan[7][8]. 2019-yil fevral holatiga koʻra, 11,2 million avstraliyalik oʻz oilasida Netflix obunasiga ega boʻlgan va bu avvalgi yilga nisbatan 25 foizga koʻp[9].

Netflix ABCning sobiq boshqaruvchi direktori Mark Skott tomonidan Avstraliyadagi holatlarni yoritmagani uchun tanqid qilingan[10]. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, 2018-yilda Avstraliya kino va televideniyesi Netflixning Avstraliya katalogining 2% dan kamrogʻini tashkil qilgan[11]. 2020-yilda Avstraliyaning raqobat va isteʼmolchilar komissiyasi Netflixni mahalliy kontent talablariga qoʻyish taklifini ilgari surgan[12][13]. Biroq, bu taklif oxir-oqibat hukumat tomonidan rad etilgan.

OAV erkinligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 4-iyun kuni Avstraliya Federal politsiyasi News Corp Australia jurnalisti Annika Smethurstning uyida reyd oʻtkazgan va ular jurnalistning uyidan bir yil avval xavfsizlik kuchlariga yangi vakolatlar berilishi haqidagi yangi qonunlar haqida yozilgan maxfiy maʼlumotlarni qidirishgan[14]. Radio boshlovchisi Ben Fordxem ham reportaj qilishda tergov boʻlganligini aytib oʻtgan[15].

Ertasi kuni AFP Afgʻonistondagi harbiy jinoyatlar haqidagi axborot ABCda berib oʻtilgan[16]. Tergov buyruqlari politsiyaga kompyuterlarda topilgan har qanday fayllarni „qoʻshish, nusxa olish, oʻchirish yoki oʻzgartirish“ imkonini bergan[17].

Ushbu hodisalar Chegarasiz reporterlar, BBC va Nyu-York Times gazetasi tomonidan tanqidga sabab boʻlgan[18].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Australia | Reporters Without Borders“ (en). RSF. 2022-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-may.
  2. „90th Anniversary of the station that became 702 ABC Sydney“, by James OʻBrien and Lawrence Champness, ABC Local Radio, 22 November 2013
  3. Arneil. „50 years of talkback radio“ (en). National Film & Sound Archive (2017-yil 12-aprel). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-avgust.
  4. 4,0 4,1 „25 years of Commercial FM“. Radioinfo (2005-yil 12-iyul). 2018-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-avgust.
  5. Mishkind. „Australian Broadcast History“. The Broadcast Archive (2000-yil 26-noyabr). 2017-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-avgust.
  6. Department of Broadband, Communications and the Digital Economy Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh. Updated: 3/5/10
  7. C-Scott, Marc. „Netflix arrival will be a tipping point for TV in Australia“. The Conversation (2015-yil 12-mart). Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  8. Delaney, Bridget. „Netflix says it will launch in Australia and New Zealand in March 2015“. The Guardian (2014-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  9. „Netflix surges beyond 11 million users in Australia“. Roy Morgan (2019-yil 19-mart). Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  10. Meade, Amanda. „Netflix won't tell Australian stories. We need the ABC for that, says Mark Scott“ (2019-yil 4-aprel). Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  11. Lobato, Ramon; Scarlata, Alexa. „Local film and TV content makes up just 1.6% of Netflix's Australian catalogue“. The Conversation (2018-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  12. Meade, Amanda. „ABC opposes quotas as Coalition plans to force Netflix to make more Australian content“. The Guardian (2019-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  13. Simons, Margaret. „Real long-term thinking on TV would mean Netflix and Stan are treated the same as free-to-air“. The Guardian (2020-yil 16-aprel). Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  14. „PM defends AFP raid on journalist Annika Smethurst's home“ (en-AU). ABC News (2019-yil 5-iyun). 2019-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-iyun.
  15. „Ben Fordham targeted after AFP raid journo's home“. News.com.au (2019-yil 4-iyun). 2019-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-iyun.
  16. Knowles. „Police leave ABC headquarters with files after hours-long raid over special forces stories“ (en-AU). ABC News (2019-yil 5-iyun). 2019-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-iyun.
  17. „Australia: ABC offices raided by police in connection with 'Afghan Files' series“. MSN. 2019-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-iyun. [sayt ishlamaydi]
  18. „World media condemns Australian Federal Police raids targeting journalists | SBS News“. 2019-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-iyun.