Avrora
Jump to navigation
Jump to search
Avrora (Aurora) – qadimgi Rim afso-nalarida tong yog‘dusi ma’budasi. Yunon afsonalarida Eos nomi bilan yuritiladi. Rivoyatlarga ko‘ra, A. xudolarga va insonlarga kunduzi nur taratib turadi. A. tas-viriy san’at asarlarida otlar qo‘shilgan g‘ildirakli aravaga tushgan holda okeandan chiqib kelayotgan yosh, ikki qanotli ayol siymosida gavdalantirilgan. Antik zamonlarda yashagan shoirlar A.ga atab qasidalar va boshqa janrlarda asarlar yozish-gan.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |