Kostroma (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

KostromaRossiya Federatsiyasi dagi shahar, Kostroma viloyati markazi. Volga daryosining har ikkala sohilida. Port. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 289,4 ming kishi (1998 yil). Toʻqimachilik sanoatining (asosan, zigʻir tola) qad. markazi. Mashinasozlik ("Motordetal", eksqavator, "Kostromatekstilmash" zavodlari), yogʻochsozlik, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 3 oliy oʻquv yurti, drama teatri, tarixiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasi, tasviriy sanʼat muzeyi, yogʻoch meʼmorchiligi muzeyi, Bogoyavleniye monastirining sobori (16-asr), Ipatiy monastiri ansambli (16—18-asrlar), Voskreseniye cherkovi (17-asr), shahar markazining mumtoz majmuotlari: savdo rastalari (18-asr oxiri — 19-asr boshlari), maʼmuriy binolar (19-asr), oʻt oʻchirish minorasi (19-asr boshi), gauptvaxta (19-asr) saqlangan. K.ga 12-asrda asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil