Avorif ul-maorif

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avorif ul-maorif” – Shayx Shahobiddin Suhravardiyning asari. Arab tilida yozilgan, oltmish uch bobdan iborat. Uning har bir bobida sayr va suluk odobi, shartlari, solikning vazifalari, maʼrifat, hol va maqomlarning taʼrifi, oriflarning suluki, soʻfiylar istilohlari haqida Qurʼon va sunnatga asoslangan holda soʻz yuritilgan. Kitob tasavvufning asosiy manbalaridan biri sifatida mashhur boʻlib, fors tiliga tarjima qilingan. Navoiy Shahobiddin Suhravardiyning tarjimai holi haqida gapirib, ushbu asarga ham toʻxtalib oʻtgan, fors tiliga Zahiriddin bin Ali Buzgʻush tarjima qilgani haqida maʼlumot bergan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat".