Avogadro doimiysi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Kimyo va fizikada Avogadro doimiysi (ramzlari: L, NA) zarrachalar (odatda atom yoki molekulalar) soni N ning modda miqdori n (mol) ga nisbati NA = N/n deb aniqlanadi.[1] Yaʼni, u modda molyar massasining oʻsha modda massasiga proporsiyasi faktoridir.[2] Avogadro doimiysi 1 mol moddadagi zarrachalar sonini koʻrsatib, 6.02214129(27)×1023 mol−1 ga tengdir.[2][3][4]

Kimyoviy miqdorning avvalgi taʼriflarida Avogadro soni atamasi ishlatilardi. Xalqaro Birliklar Tizimi asosiy birliklari toʻplamini qayta koʻrib chiqish natijasida kimyoviy miqdor konseptini yangidan belgilashga zarurat tugʻildi. Avogadro soni Perrin tomonidan bir gramm-mol vodoroddagi molekulalar soni qilib tayinlangan edi. U keyinroq 12 g uglerod-12 izotopidagi atomlar soni qilib belgilandi.[5]

Turli birliklarda NA[2] qiymati
6.02214129(27)×1023 mol−1
2.73159734(12)×1026 funt-mol−1
1.707248434(77)×1025 unsiya-mol−1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]