Aviatsiya meteorologiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aviatsiya meteorologiyasi -meteorologiya amaliy bo‘limi. At-mosfera hodisalarining samolyot va boshqa uchish apparatlari faoliyatiga ta’sirini o‘rganadi. Samolyotlarning uchishi, ko‘tarilishi va ayniqsa qo‘nishiga bulut, kuchli shamol, elektr razryadlari, tuman, yaxmalak, chang-to‘zon va boshqa hodisalar ta’sir qiladi. Shu hodisalarga doir ma’lumotlar maxsus aviameteorologiya markazlarida olinadi. Aeroportlarda esa aviameteorologiya stansiyalari tashkil qilinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Aviatsiya meteorologiyasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil