Avaz Oʻtar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Avaz o`tardan yoʻnaltirildi)
Avaz O'tar
Polvonniyoz o'gli
Tavalludi 1884.25.8
Xiva, Gadikbo'yi
Vafoti 1919 y
Xiva
Fuqaroligi Xiva xonligi
Kasbi Shoir, sartarosh, tabib.

Avaz Oʻtar – Avaz Polvonniyoz (Oʻtar) oʻgʻli (1884.25.8, Gadikbo'yi- Xiva-1919) – oʻzbek ma’rifatparvar shoiri. Sartarosh, tabib.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorazmda podshoning sochini oladigan sartaroshga "O'tar" degan amal berilgan. Shoir Avaz O'tarning otasi ana shunday sartarosh edi. U hunarmand oilada tavallud topgan.

Ta'limi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab maktabda, soʻng Xivadagi Inoqiy madrasasida oʻqidi. Avaz O'tar sartaroshlikni otasidan, tabiblik va folbinlikni Muhammad Yusuf Bayoniyning akasi Yaxshimurodbekdan o'rgangan. 18 yoshlarida shoir sifatida xalq oʻrtasida tanildi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad Rahim Soniy (Feruz) A.Oʻ. iste’dodiga katta e’tibor bergan, uni saroyga taklif qilib Tabibiyni unga ustoz tayin etgan. Ammo, A.Oʻ. saroy hayoti bilan chiqisholmasdi. Muhammad Rahimhonga mish-mishlar yetkazishadi va Avaz O'tarni 200 qamchin urishadi va u yerdan ketadi ota kasbi sartaroshlikka qaytadi. 20-asr boshlarida koʻzga tashlanayotgan milliy uygʻonish, istiqlol gʻoyalari A.Oʻ. ijodiga kuchli ta’sir koʻrsatadi. A.Oʻ. ijodida erkparvarlik, ozodlik, ma’rifatparvarlik gʻoyalari, turmush illatlariga qarshi qaratilgan hajvlar paydo boʻla boshlaydi, bu davrda shoir yuksak insoniy fazilatlarni, chinakam insoniy muhabbatni tarannum etuvchi lirik she’rlar, qit'alar, ruboiylar yozdi. A.Oʻ. ijodida alohida oʻrin tutgan hajviy she’rlar turkumi – "Faloniy" ham shu davr mahsuli. A.Oʻ. "Millat", "Hurriyat"; "Topar erkan, qachon", "Xalq", "Zamon" va boshqa she’rlarida millat taqdiri va kelajagini yangicha talqin etadi. Ayrim she’rlari oʻsha davr vaqtli matbuoti ("Oyina", "Vaqt", "Mulla Nasriddin" va boshqalar)da bosilgan. 2 devoni ("Saodat ul-iqbol", "Devoni Avaz") va qator bayozlarga kiritilgan gʻazallari yetib kelgan. Devonlarining qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. № 942, 7102, 3451) saqlanadi.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad Rahimxon II o'lganidan so'ng uning o'gli Isfandiyorxon uni chaqirtiradi. 50 darra urishadi. Avazni sog'lig'i bo'lmay 35 yoshida vafot etadi. Respublikada maktablar, koʻcha va xiyobonlarga A.Oʻ. nomi berilgan. Xivada uy-muzeyi tashkil etilgan, haykali oʻrnatilgan. U haqda badiiy asarlar yaratilgan (E. Samandar "Erk sadosi" dostoni, A. Bobojon "Fazal fojiasi" dramasi, S. Siyoev "Bir chora zamon istab" qissasi va boshqalar). As: Tanlangan asarlar, T., 1956; De-von, T., 1976; Saylanma, T., 1984.