Avani Modi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avani Modi
Tavalludi
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi
  • Aktrisa
  • Model
Faoliyat yillari 2013-yildan hozirgi kungacha
Otasi Vinod Modi
Onasi Alka Modi
Veb-sayti avanimodi.com

Avani Modi - hind modeli va aktrisasi, hind kinolarida taniqli yulduz. Gujarati teatrida faoliyat olib boradi.[1][2] U oʻzining Bollivuddagi debyutini Madhur Bhandarkarning 2015-yil 25-sentabrda sahnaga chiqarilgan “Calenfar Girls"(Taqvim qizlari) drama filmida amalga oshirdi. Film besh qizning hikoyasiga va ularning yillik kalendar taqvim sayohatiga asoslangan. Bu filmda ayollarning hayotda qanday qiyinchiliklarga duchor bo'lishini ko'rsatadi. Bu "Rom-Com" kompaniyasining filmi.[3]

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avani Modi Gujaratning Gandhinagar shahrida tug'ilgan. U tug'ilgan shaharda voyaga yetgan. U Ahmadoboddagi HL kollejini o'qib tamomlagan. Bitiruv paytida u kollejdagi madaniy dasturlarda qatnashdi. Bu kabi turli tadbirlarni o'tkazar ekan, u aktyorlikka bo'lgan qiziqishi ortib borgan. U otasi Vinod Modini o'zining eng kuchli tayanchi va ilhomchisi deb biladi, chunki uning otasi Shomu Mukerji bilan birgalikda uzoq vaqt davomida uning yordamchi sifatida sadoqat bilan ishlagan edi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avani Modi dastlab mahalliy ETV kanalida (Git Gunjan & Yuva Sangram) boshlovchi sifatida ishlash imkoniyatiga ega bo'ldi. U shuningdek, modellik bilan shug'ullangan va Airtel va boshqa brendlarning reklama roliklarida qatnashib turardi. U Sony TV va Zee TVning teleseriallarida rol o'ynagan va Altaf Rajaning videolaridan birida ishtirok etgan. U o'zining "Naan Rajavaga Pogiren" nomli birinchi tamil filmida debyut qildi. Unda u Nakul Kumar bilan birga rol o'ynagan. Bir nechta hind filmlaridan tashqari u Kanada xalqaro kinofestivalida eng yaxshi film mukofotiga sazovor bo'lgan "Gulab" nomli xalqaro qisqa metrajli filmda ham rol ijro qildi.

U Madhur Bhandarkarning 2015-yilgi "Calendar Girls"(Taqvim qizlari) filmida Naznin Malik rolini ijro etgan. Film Hindistonning turli mintaqalaridan biznes-magnat Rishabh Kukreja va uning fotograf doʻsti Timmy Senning birgalikdagi saʼy-harakatlari natijasi boʻlgan mamlakatning eng nufuzli yillik kalendar suratiga tushish uchun tanlangan besh nafar qiz haqida.[4]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film Rol Til
2013 Naan Rajavaga Pogiren Reema Tamil
2014 Gulabee Gulabee Telugu
2015 Sarweshwar Telugu
2015 Strawberry Milovina Tamil
2015 Calendar Girls Naznin Malik hind
2016 Carry On Kesar Enni Gujarati

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

① ② ③ ④ime, dubyabhaskar.com (Wayback Machine saytida 2019-12-23 sanasida arxivlangan) 27-sentabr 2019

  1. „Avani Modi goes from bold to conventional in 'Calendar Girls'“. The Times of India. 17-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-sentabr 2015-yil.
  2. „Avani Modi Info“. Avani Modi. 25-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-avgust 2015-yil. .
  3. „Calendar Girls movie. Her upcoming movie is 2.0.“. BollywoodHungama. 5-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-avgust 2015-yil.
  4. „'Calendar Girls' teaser: Reminds you of 'Fashion' and 'Heroine'“. The Times of India. 6-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentabr 2015-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]