Kontent qismiga oʻtish

Avangard (gipertovushli uchuvchi vosita)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avangard
Turi gipertovushli uchuvchi vosita
Davlat Rossiya
Xizmat tarixi
Ishlatilgan yillari 2019-yildan hozirga qadar
Qurolli kuchlarida Strategik raketa tizimi
Ishlab chiqarilish tarixi
Konstruktor Moskva issiqlik texnologiya instituti
Islab chiqaruvchi Votkinsk mashinasozlik zavodi
Islab chiqarilgan yillari 2018-yildan hozirga qadar[1]
Tezligi, km/s 20–27 km/s
Uzunligi 5.4 m[2]

Avangard (ruscha: Авангард; Ilgari Objekt 4202, Yu-71 va Yu-74 nomlari bilan tanilgan) Rossiyaning gipertovushli uchuvchi vositasi hisoblanadi (HGV). U ham yadroviy ham oddiy kallaklarni nishongacha yetkazib bera oladi[3][4][5].

Vladimir Putinning soʻzlariga koʻra, AQShning 2002-yildagi ABM shartnomasidan chiqishi Rossiyani gipertovushli qurollarni ishlab chiqarishni boshlashga majbur qildi: „Biz AQShning strategik raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirganiga javoban ushbu gipertovushli qurollarni yaratishga majbur boʻldik“ degan[6]. 2007-yilda AQShning Yevropada ballistik raketalarga qarshi mudofaa tizimini joylashtirish rejalari haqida soʻralganda, Putin „Rossiya gipertovush tezligida uchadigan hamda balandlik va traektoriyani ham oʻzgartirishga qodir boʻlgan mutlaqo boshqa turdagi strategik qurol tizimlarini ishlab chiqayotganini“ taʼkidlagan[7].

Avangard (oʻsha paytlari Yu-71 va Yu-74 deb nomlangan) 2015-yil fevralidan 2016-yil iyunigacha Orenburg viloyati Dombarovskiy aviabazasida sinovlardan oʻtkazilgan.

2016-yil oktyabr oyida Dombarovskiy havo bazasidan uchirilgan R-36M2 ogʻir ICBM yordamida navbatdagi parvoz sinovi oʻtkazilgan va Kura raketa sinov poligonidagi nishonni muvaffaqiyatli urgan[8].

2018-yil 1-mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskvada Federal Majlisga prezidentlik murojaatida qurolni sinovdan oʻtkazish tugallanganini va u seriyali ishlab chiqarishga oʻtganini maʼlum qilgan[9]. Buni Strategik Raketa Kuchlari qoʻmondoni, general-polkovnik Sergei Karakayev [ru] ham tasdiqlagan[10][11][12].

Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati/ TASS xabariga koʻra, 2019-yilning 24–26-noyabr kunlari Yangi START shartnomasi tartib-qoidalariga muvofiq, gipertovushli uchuvchi vositaga ega "Avangard" raketa tizimi AQSh inspeksiya guruhiga namoyish etilgan[13].

Avangard HGV ning uchirilishi Dombarovskiy havo bazasi, 2018-yil 26-dekabr

2019-yil 27-dekabrda Avangard HGV bilan qurollangan birinchi raketa polki rasman jangovar xizmatga kirishgan[14].

2020-yil 19-sentabrda „Mashinostroyenia“ NPOning fan boʻyicha maslahatchisi Gerbert EfremovAvangard“ ni rivojlanishiga qoʻshgan xissasi uchun Avliyo Endryu ordeni bilan taqdirlangan[15].

Avangart anʼanaviy ballistik raketalardan pastroq balandliklarda manevr qilish va harakat qilish qobiliyati bilan farq qiladi[16]. Manevrlik va yuqori tezlikning kombinatsiyasi anʼanaviy raketalarga qarshi mudofaa tizimlari uchun jiddiy qiyinchiliklar tugʻdiradi[17].

Janeʼs (harbiy, milliy xavfsizlik, aerokosmik va transport mavzulariga ixtisoslashgan global ochiq manba razvedkasi) tomonidan ochiq manba tahliliga koʻra, Avangard mustaqil harakatlanish tizimiga ega boʻlmagan raketa tizimidir[18].

Avangardning yuqori tezligi unga yengilroq subsonik qanotli raketalarga qaraganda ancha yaxshi nishonga borish xususiyatlarini beradi. Avangardning ogʻirligi 2000 kgga yaqin va 20-27 Mach tezlikda harakatlanadi, bu esa kinetik energiyada 21 tonna TNT ekvivalentini hosil qiladi[19][20].  

  1. „В России запустили серийное производство гиперзвуковой ракеты "Авангард"“. РБК.
  2. „Шахты "Авангарда". Почему гиперзвуковые блоки решили ставить на Урале“ (ru) (2018-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 15-oktyabr.
  3. Trevithick. „Here's The Six Super Weapons Putin Unveiled During Fiery Address“ (2018-yil mart). Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  4. „Russia's New Avangard Hypersonic Missile System To Enter Service By 2019“. www.defenseworld.net. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  5. „Introducing 'Avangard' and 'Sarmat': Putin shows off new hypersonic, nuclear missiles“. National Post (2018-yil 1-mart). Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  6. „Putin named the reason for the development of hypersonic weapons“ (2020-yil 19-sentyabr). 2020-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  7. „Hyper-glide Delivery Systems and the Implications for Strategic Stability and Arms Reductions“ (2015-yil aprel).
  8. „Эксперт об "изделии 4202": теперь США будут меньше бряцать оружием“. Ria (2016-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 16-sentyabr.
  9. „Russia begins serial production of new cutting-edge glide vehicle“. TASS.

    „Russia's Avangard strategic systems enter series production – source“. TASS.

    „Russia's Defense Ministry signs production contract for Avangard hypersonic systems“. TASS.

    „Russia's Avangard hypersonic missile system“. TASS.
  10. „New missile Putin mentioned in annual address successfully tested — top brass“. TASS.
  11. „ЦАМТО / Новости / Траектория полета ракеты "Авангард" проходит на высоте десятков километров“. Armstrade.
  12. „Борисов: испытания комплекса "Авангард" доказали его способность разгоняться до 27 Махов“ (ru). TASS (2018-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
  13. „Russia demonstrates Avangard hypersonic missile system to US“. TASS (2019-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 27-noyabr.
  14. „Первый ракетный полк "Авангарда" заступил на боевое дежурство“ (ru). TASS (2019-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  15. „Conversation with Gerbert Yefremov“. Kremlin.ru (2020-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  16. Reif. „Pentagon Tests Hypersonic Glide Body“. armscontrol.org. Arms Control Association (2020-yil aprel). Qaraldi: 2020-yil 2-iyul.
  17. Smith. „Hypersonic Missiles Are Unstoppable. And They're Starting a New Global Arms Race.“. The New York Times (2019-yil 19-iyun). — „"Jack Reed ... told me it might make sense to question the weapons' global impact or talk with Russia about the risks they create, but the priority in Washington right now is to get our versions built."“. Qaraldi: 2020-yil 2-iyul.
  18. „Russia unveils new strategic delivery systems“. www.janes.com. Jane's Information Group (2018).
  19. Could Russiaʼs Hypersonic Avangard ICBM Really Travel At 20-Times The Speed Of Sound?
  20. „Kinetic Energy Calculator“.