Ballistik raketa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Ballistik raketa - dvigateli toʻxtagandan soʻng ballistik trayektoriya (erkin otilgan jism trayektoriyasi) boʻylab uchadigan raketa. Aerodinamik koʻtarish kuchi hosil qiluvchi sirtning yoʻqligi bilan qanotli raketadan farq qiladi. Aerodinamik barqarorlik hosil qilish uchun Ballistik raketa , baʼzan, muvozanatlashtiruvchi moslamalar bilan taʼminlanadi. Turli tipdagi jangovar raketalar (qitalararo raketalar ham), eltuvchi va kosmik raketalar Ballistik raketa jumlasiga kiradi (qarang Boshqariladigan ballistik raketa).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil