Autigen minerallar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Autigen minerallar (yunon. authigenes — joyida hosil boʻlish, oʻziga xos) — choʻkindi jinslar minerallari, sedimentatsiya yoki choʻkindining oʻz joyida qayta oʻzgarishi natijasida vujudga keladi. Autigen minerallar terrigen minerallar, yaʼni quruqlikdan yuvilib kyoltirilgan chaqiq minerallarning aksi sifatida taʼriflanadi. Autigen minerallar koʻpincha yaxshi kristalli shaklga ega. Turli karbonatlar, eruvchi tuzlar, ruda minerallari, qisman kvars, barit, selestin, dala shpati, seolitlar va b. autigen hisoblanadi. Autigen minerallar choʻkindi togʻ jinsining sedimentatsiya sharoiti va uning keyingi oʻzgarishini koʻrsatadi. AUTO… (yunon. autos — oʻzim) — qoʻshma soʻz boʻlagi; aynan avtoni anglatadi[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil