Auksanometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Auksanometr

Auksanometr (grekcha: αὐξάνειν — oʻsaman va metreo - oʻlchayman) — oʻsimliklarning boʻyiga oʻsishini oʻlchaydigan asbob. Tuzilishiga koʻra bir necha xilga boʻlinadi. Eng oddiy Auksanometr darajalarga boʻlingan yey boʻyicha harakatlanuvchi uzun, yengil mil mahkamlangan gorizontal oʻq va yukchali ip oʻtkazilgan gʻildirakdan iborat.

Ipning bir uchi oʻsimlikka bogʻlab qoʻyiladi, oʻsimlik oʻsganda mil buriladi va mil ning harakati shkala boʻyicha hisoblanadi. Gʻildirakka mil oʻrniga koʻzgu mahkamlanishi ham mumkin. Avtomatik yozib oladigan moslamali Auksanometrga auksanograf deyiladi. Oʻsimliklarning oʻsishini qayd qilishda sekinlashtirib kinoga olish eng qulay usul hisoblanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil