Atsetatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Atsetatlar (lot. acetum — sirka) — Sirka kislotaning tuzlari va efirlari. Koʻpchiligi suvda yaxshi eriydi. Toʻqimachilik sanoatida xurush sifatida, tibbiyotda antiseptik vosita va b. maqsadlarda ishlatiladi. Efirlari — xushboʻy hidli uchuvchan suyuqlikdir. Atsetatlar (asosan etil atsetat) nitrotsellyuloza loklari va poliefir smolalar uchun erituvchi sifatida, shuningdek selluloid, kinoplyonka, atir-upa ishlab chiqarishda va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Vinil atsetat asosida sunʼiy tolalar, loklar va yelimlar tayyorlanadi[1].

Atsetatlar — tuzlar va efirlar Sirka kislotasi, masalan:

  • CH3COOC2H5 etilatsetat (etil efiri sirka kislotasi);
  • CH3COONa Natriy atsetati;
  • CH3COONH4 ammoniy atsetati;
  • Pb(CH3COO)2·3H2O Qoʻrgʻoshin qumi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil


Lua error in Module:Asbox at line 244: attempt to call field '_navbar' (a nil value).