Atom odatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Atom odatlar
Atomic habits
Asl nomi Atomic Habits
Muallif(lar) James Clear
Tarjimon(lar) Asaxiy
Janr(lar)i Psixologiya
Nashr etilgan sanasi 2018
Nashriyot Avery
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2021
Sahifalar soni 320
Mukofot(lar) New York Times bestseller
ISBN 0735211299
Veb-sayt https://jamesclear.com/

Atom odatlar kitobi (inglizcha Atomic habits) James Clear tomonidan 2018-yilda nashr etilgan. Kitob oʻzida yaxshi va yomon odatlar kuchi, muvaffaqiyat sabablari, odatlar va muvaffaqiyatning oʻzaro bogʻliqligi haqida empirik va nazariy taʼlimotlarni aks ettiradi. Kitob New York Times bestselleri hisoblanib, dunyo boʻyicha 8 milliondan ortiq nusxadan ortiq sotilgan va 50 dan ortiq tilga tarjima qilingan[1].

Boʻlimlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitob 7 ta asosiy boʻlimi mavjud boʻlib, unga koʻra dastlab „Asosiy tamoyillar“, „4 qoida“ va „Qoʻshimcha usullar“ kabi eng asosiy boʻlimlariga boʻlish mumkin. Chunki, aynan shu boʻlimlar bet hajmidan farq qilsa-da, mazmun qismi deyarli bir xil hajmda.

Asosiy tamoyillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu boʻlimda muallif odat nimaligi, dastlabki tajribasi va eng muhim boʻlgan nega aynan „atom“ odatlar aslida nimaligi haqida soʻz yuritadi. Dastlab, oʻz maqsadiga erishishda toʻgʻri oʻzgaruvchilarni tanlash (funksiyadagi nomaʼlumlar), omad kabi boshqaruv boʻlmaydigan oʻzgaruvchilarni ishlatmaslik haqida soʻz boradi. Bundan tashqari, natijaga taʼsir qiluvchi har qanday kichik oʻzgarish yakunda natijada hissasi kattaligi koʻriladi. Bunga yorqin misol sifatida Buyuk Britaniya velosiped federatsiyasida 2003—2008-yillarda yangi tayinlangan murabbiy Dave Brailsford tomonidan amalga oshirilgan kichik taʼsir koʻrsatuvchi omillarni ozgina yaxshilash bir omilga bor fokusni berishgan afzalligi keltiriladi. Yaʼni 1908-2008 yillardagi natijalardan koʻra, 2008-2017 yillardagi natijalar ancha yuqori edi. Buni matematik isboti sifatida kuniga 1 foizga yaxshilanish va kuniga 1 foizga yomonlanish misoli koʻrsatiladi[2]. Unga koʻra kuniga 1 foizga yomonlashish tufayli bir yilda inson yil boshiga nisbatan 97 % qobiliyatini yoʻqotadi (0,99^365=0,03). Aksincha, 1 foizga yaxshilanish 37 barobardan ortiqroq oʻsishga sabab boʻladi (1.01^365=37,78). Bu qisqa muddatda arzimas boʻlgan jarayonlar uzoq muddatda oʻrni kattaligi taʼkidlaydi[3][4]. Bu boʻlimda muallif odatning oson, aniq va eng muhimi yaqqol boʻlishi kerakligini taʼkidlaydi. Bunda psixolog Edward Thorndikening hayvonlar bilan oʻtkazgan tadqiqotlari yaqqol misol boʻla oladi[5]. Edward Thorndike oʻz tajribasida mushuklarni maʼlum harakatni amalga oshirsa chiqib ketuvchi qutiga solgan. Qutidan chiqib ketgan mushuklarni baliq kutib turgan. Tekshiruv natijalariga koʻra 10-chi urinishdan soʻng mushuk qutidan 3 barobar tezroq chiqib ketishni uddalagan[6][7].

4 qoida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odat yaqqol boʻlishi kerak

Asosiy tamoyillarda aytilganidek odatni amalga oshirish uchun stimul kerak. Xususan, Vyetnam urushi vaqtidagi tadqiqotlarga koʻra, 35 foiz Vyetnamdagi AQSh harbiylari hech boʻlmaganda bir marta geroin qabul qilib koʻrgani, 20 foiz harbiy xizmatchilarning geroinga berilib ketganini koʻrsatadi[8][9]. Oʻsha vaqtdagi AQSh prezidenti boʻlgan Richard Nixon narkotikni „birinchi raqamli dushman“ deb eʼtirof etib, askarlar urushdan qaytganida nazorat qilish va davolash maqsadida „Giyohvandlikning oldini olish maxsus choralari“ idorasi tashkil etiladi[10][8][11]. Tadqiqot markazi bosh tadqiqotchilaridan biri Lee Robinsning tekshiruvlar oʻsha vaqtdagi giyohvandlik odati haqidagi qarashlarni oʻzgartirib yuboradi. Aniqlanishicha, AQShga qaytganlarning 5 foizi ushbu illatni davom ettirayotganligi, 3 yil ichida giyohvandlikka qayta chalinganlar 12 foizdan oshmaydi. Yaʼni 10 ta askardan 9 tasida giyohvandlik oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketgan[12][13]. Bunga sabab qilib Lee Vyetnamdagi askarlar kun davomida geroin isteʼmol qilishga turtki beradigan signallarga duch kelishini sabab qilib koʻrsatadi: geroinni topish oson, atrofda urush dahshatlari, askarlar vatandan minglab kilometr uzoqda, sheriklar esa geroin qabul qilishadi. Lekin AQSh ga qaytganda bu signallar yoʻqoladi. Aynan shu sababli reabilitatsion markazlardan qaytgan bemorlar yana avvalgi odatlarini boshlashadi, chunki ular yana oʻsha eski odatlarini qoʻzgʻatuvchi joyga qaytishadi. Shu sababli muallif maʼlum shakllangan odatlarga qoʻshimcha odatlar qoʻshishni taklif qiladi: ishdan kelgach oyoq kiyimimni yechish odati yoniga sport kiyimini kiyish, muzlatkichni ochganida yonidagi vazn oʻlchovchiga chiqish, ovqatlanganida kunning qaysi jarayoni uchun minnatdor boʻlishni aniqlash.

Odat jozibali boʻlishi kerak

Solomon Asch chiziqlari

Bu qoidada muallif yangi odatlarga jozibalilik berish kerak deydi. Masalan, Netflixda podkast koʻrish uchun mashq qilish, darsni qilganda musiqa qoʻyish va uy yigʻishtirishda televizor koʻrish. Bu qilinmayotgan yaxshi odatlarni baribir amalga oshiruvchi, foydasiz ammo jozibali odatlar bilan birga amalga oshirishga undaydi. Inson sotsial mavjudot boʻlganligi sababli, boshqalar bilan aloqalar ham jozibali koʻriladi. 1950-yillarda psixolog Solomon Asch tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar buni isbotlaydi. Tadqiqotga koʻra 1 odam aktyorlar toʻla xonaga joylashtiriladi va ularga chiziqlar orasidan eng uzun chiziqni tanlash kabi oddiy vazifa beriladi. Dastlab barcha bir xil javobni aytadi, ammo vaqt oʻtgani sari barcha katyorlar xato variantni tanlay boshlaydi. Katyorlar orasidagi yagona ishtirokchi esa bosim ostida ular koʻrsatgan notoʻgʻri variantni tanlashga majbur boʻladi. Unga koʻra, inson toʻgʻri javobni bilsa-da, koʻpchilikni taʼsirida fikrini oʻzgatiradi degan xulosaga kelinadi[14][15][16][17].

Odat oson boʻlishi kerak

Muallif bu qoida asosida yangi odatlarni oson boshlash muhim ekanligi aytadi. Yaʼni, biror ishni boshlashda uning eng oson boshlangʻich bosqichini amalga oshirish kerakligini aytadi. Yaʼni, 30 daqiqa kitob oʻqish oʻrniga 1 bet kitob oʻqish, 4 km yugurish oʻrniga sport uchun oyoq kiyimlarini kiyish, uyga vazifani bajarish oʻrniga daftarni ochish. 1966-yilda Terje Lømo tomonidan fanga uzoq muddatli potensiatsiya (Long-term potentiation) atamasi kiritiladi. Bu atama miyadagi neyronlar oʻrtasidagi aloqalarning oxirgi vaqtlarda qilinadi, ular orasidagi bogʻlanishlar kuchayadi[18][19].

Odat qoniqarli boʻlishi kerak

4-qoidada muallif odatlarni bajarish insonga ragʻbat olib kelishi kerakligini uqtiradi. Yaʼni, yaxshi odatlarning deyarli barchasi uzoq muddatdagina foyda olib keladi:1 kun mashq qilish sizni ortiqcha vazndan xalos qilmaydi, mavzu haqida 1 kitob sizni mutaxassis qilmaydi, 1 kun vaqtli yotish sizning ertalab vaqtli tura olishingizni belgilamaydi. Lekin, yomon odatlar darhol foyda olib keladi, uzoq muddatda esa zarari katta boʻladi. 1 dona sigaret odamni oʻldirmasa-da, uzoq muddatda koʻplab kasalliklarni jalb qiladi[20]. Muallif bunga sabab qilib, insonlar ming yillardan beri qisqa muddatlarda ragʻbatga eʼtibor qaratilganinini taʼkidlaydi. Ya;ni yaqin kelajakdagi rohat uzoq kelajakdagi undan-da kuchliroq azobdan ustun koʻriladi, chunki inson miyasi minglab yillar davomida shunga moslashgan[21].

Qoʻshimcha usullar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

James Clear kitobi mukofotlar sohibi, umumiy yuqori reytingga ega boʻlsa-da, kitob ichidagi barcha narsalar ham toʻgʻri emas deb hisoblanadi. Bundan tashqari kitobdagi baʼzi maʼlumotlar qaytarilishi kuzatiladi[22].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „James Clear. Atomic Habits“.
  2. Slater, Matt. „Olympics cycling: Marginal gains underpin Team GB dominance“. BBC Sport (8-avgust 2012-yil). Qaraldi: 11-aprel 2014-yil.
  3. Harrell, Eben. „How 1% performance improvements led to Olympic gold“. Harvard Business Review (30-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 19-noyabr 2019-yil.
  4. Maslen, Joseph (2019). Cracking the Code: The Social Mobility Commission and Education Policy Discourse“. Journal of Education Policy. 34-jild, № 5. 599–612-bet. doi:10.1080/02680939.2018.1449891. S2CID 149726651. 2021-07-12da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2022-09-14.„Accepted manuscript“. Institutional open access repository. 12-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr 2019-yil.
  5. Thorndike, Edward. The Fundamentals of Learning. AMS Press Inc., 1932. ISBN 978-0-404-06429-7. 
  6. Thorndike, Edward Lee. Animal Intelligence: Experimental Studies. Macmillan, 1911. ISBN 9781351321020. 
  7. „Kentridge, Robert (2005), Edward Thorndike, puzzle-boxes, and the law of effect, University of Durham.“. 2022-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.
  8. 8,0 8,1 Thirty Years of Americaʼs Drug War, a Chronology (Wayback Machine saytida 24-fevral 2011-yil sanasida arxivlangan). Frontline (U.S. TV series).
  9. WGBH educational foundation. Interview with Dr. Robert Dupoint (Wayback Machine saytida 5-sentabr 2017-yil sanasida arxivlangan). Pbs.org (February 18, 1970).
  10. „Thirty Years of America's Drug War“. Frontline. PBS. 2011-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-oktyabr.
  11. Timeline: Americaʼs War on Drugs (Wayback Machine saytida 29-mart 2018-yil sanasida arxivlangan)
  12. „Lee Robins' studies of heroin use among US Vietnam veterans“.
  13. „Lee N. Robins, Darlene H. Davis, and David N. Nurco. How Permanent Was Vietnam Drug Addiction?“.
  14. Asch, Solomon „Effects of group pressure on the modification and distortion of judgments“,. Groups, Leadership and Men: Research in Human Relations (inglizcha). Carnegie Press, 1951 — 177-190 bet. ISBN 978-0-608-11271-8. 
  15. Asch, S. E. (1952b). „Social psychology“. Englewood Cliffs, NJ:Prentice Hall.
  16. Asch, S.E. (1955). „Opinions and social pressure“. Scientific American. 193-jild, № 5. 31–35-bet. Bibcode:1955SciAm.193e..31A. doi:10.1038/scientificamerican1155-31.
  17. Asch, S.E. (1956). „Studies of independence and conformity. A minority of one against a unanimous majority“. Psychological Monographs. 70-jild, № 9. 1–70-bet.
  18. „Terje Lømo. The discovery of long-term potentiation“.
  19. Roger A. Nicoll „Volume 93, Issue 2“,. A Brief History of Long-Term Potentiation. Neuron, 18 — 281-290 bet. DOI:10.1016. 
  20. „Smoking & Tobacco Use. CDC“.
  21. Zimmerman, Barry J., Schunk, Dale H.. Educational psychology : a century of contributions. Lawrence Erlbaum Associate. ISBN 978-0-8058-3682-0. 
  22. „4 Things Atomic Habits Didn’t Get Right“.