James Clear

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
James Clear
James Clear(2010)
Tavalludi 1986-yil 22-yanvar
AQSh, Ohio shtati
Fuqaroligi AQSh[1][2]
Veb-sayti jamesclear.com

James Clear – amerikalik yozuvchi va tadbirkor. Odatlar, qaror qabul qilish va uzluksiz rivojlanish kabi mavzularga yoʻnalgan notiq. U 1986-yil 22-yanvarda AQSHning Gamilton, Ohio shtatida tavallud topgan.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Denison universitetida biomexanika fakultetida tahsil olgan va 2008-yil tugallagan[3].

Mashhur asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

U shaxsiy rivojlanish haqidagi asarlar yozishni 2012-yilda boshlagan [4]. U New York Times bestselleri hisoblangan „Atom odatlar“ kitobi muallifi. Bu kitob 2018-yil oktyabr oyida chop etilgan. Bu kitob dunyo boʻyicha 7milliondan ortiq nusxada va 50 dan ortiq tillarga tarjima qilingan. Kitobning yozilishiga uning maktab davrida beysbol oʻyini davomida olgan jarohati asos boʻlgan [5].Chunki uzoq davolanishni taqozo etgan bu baxtsiz hodisa unga kichik odatlarni shakllantirish koʻnikmasini berdi[6].


Atomic_habits

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • U odatlar va uzluksiz rivojlanish haqida oyiga 1-2 marta nutq olib boradi.
  • U Fortune 500 kompaniyalari, masalan, Intel,LinkedIn, Merill Lynch kabi tadbirlari doimiy notigʻi.
  • U jamesclear.com web-sayti asoschisi.
  • U The Clear Habit Journal yaratuvchisi.
  • Malariaga qarshi tashkilot hissadori.

Sport[tahrir | manbasini tahrirlash]

James Clear maktabda beysbol bilan shugʻullangan. „Men beysbol bilan 17 yil shugʻullanganman“,- deb yozadi James Clear oʻzining shaxsiy web-sayti da[7]. Ammo u 2002-yil beysbol oʻyinlarining birida qattiq jarohatlanadi va bir yilga yaqin muddat davomida sogʻligi bilan bogʻliq muammolarga duch keladi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • U 2015-yil may oyida turmush qurgan[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

James Clear haqida qisqacha maʼlumot
Toʻliq ismi James Clear
Tugʻilgan sanasi 22-yanvar 1986-yil
Tugʻilgan joyi Gamilton, Ohio, AQSh
Oilaviy holati Turmush qurgan
Daromadi 8 million AQSh dollari