Atiri uzum navi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atiri (grekcha: Αθήρι yoki Athiri Aspro — oq uzumning yunon navi. Rodos orolida Retsina navli qatronli vinoni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan, ertapishar, avtoxton (mahalliy) yunon uzum. Yunon vinochiligi Atirini eng yaxshi oq navlaridan biri deb biladi. Shuning barobarida, uzumni yigʻish sanasiga alohida eʼtibor qaratiladi. Chunki haddan tashqari pishgan uzumning ishqoriyligi sezilarli darajada kamayadi. Bu nav oʻzining „limonsimon“ xususiyati bilan ajralib turadi va Gretsiyaning boshqa hududlarida koʻpincha Assyrtiko vino uzum navi bilan aralashtiriladi[1]. Baʼzi hududlarda u Vilana va Ladikino navlari bilan aralashtiriladi.

Kelib chiqishi va yetishtiriladigan mintaqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu nav mahalliy boʻlib, kelib chiqishi Egey dengizi orollari bilan bogʻliq. Bugungi kunda nav, Rodos va boshqa Dodecanese orollaridan tashqari, Kiklad orollarida, Kritda, Markaziy Makedoniyaning Saloniki hududlarida va Xalkidiki yarim orolida, Boeotia, Euboea hamda Lakoniyada yetishtiriladi.

Vino ishlab chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu nav yunon „sharoblarining kelib chiqish sertifikatiga“ ega boʻgan „Rhodes“[2] „Santorini“, „Playes Melitona“, „Topicos Agioritikos“, „Makedonikos“, „Lasithiotikos“, „Playes Vertiscu“ singari vinolarni ishlab chiqarishda ishlatiladi (gr. S. P. A. P.).. Ular Fransiyaning Appellation d’origine protégée kabidirlar.

Ampelografik xususiyatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uzum yashovchanligi va yuqori mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Mogʻorga (mogʻorga) yetarlicha qarshilik koʻrsatadi, lekin Oidiumga (Unicola necator) juda sezgirdir. U boshqa birga yetishtiriladigan navlar uchun kasallikka uchrashining koʻrsatkichi sanaladi.

Sinonimlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atiri Aspatiri, Aspatiro, Atiri Aspro, Atiri Lefko sinonimlari ostida ham tanilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. J. Robinson (ed) "The Oxford Companion to Wine" Third Edition, p. 38 Oxford University Press 2006 ISBN 0-19-860990-6.
  2. J. Robinson Vines, Grapes & Wines, p. 262 Mitchell Beazley 1986 ISBN 1-85732-999-6.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]