Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali
(ADTUning O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali)
Xalqaro nomi Branch of the Federal State Budgetary Educational Institution of Higher Education "Astrakhan State Technical University" in the Tashkent region of the Republic of Uzbekistan
Asos solingan 2020
Oʻquv yurti turi Filial
Talabalari 1,000+
Bakalavriat 4 ta yoʻnalish
Fan doktorlari 15 ta
Professorlar 10 ta
Oʻqituvchilar 95 ta
Manzili Universitet ko‘chasi, 2 - uy, Qibray tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston
Vebsayti https://www.astutr.uz/

Oʻzbekiston|Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi "Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 608-sonli qaroriga[1] asosan, shuningdek, Federal Baliqchilik agentligining 2020-yil 19-martdagi 141-sonli Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining “Astraxan davlat texnika universiteti” “Toshkent viloyatida filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi asosida tashkil etilgan.

Rahbariyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ijrochi direktor: Xamrakulov Abdullajon Kadirovich
  2. Umumiy masalalar bo'yicha direktor o'rinbosari: Djumonov Dilshod Safaroliyevich

Fakultetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oliy ta'lim fakulteti

Kafedralar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Suv bioresurslari va texnologiyalari
  2. Umumiy ekologiya va iqtisodiyot
  3. Ijtimoiy-gumanitar va umumkasbiy fanlar

Bakalavr yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kunduzgi[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 05.03.06 Ekologiya va tabiatni boshqarish
2 19.03.03 Oziq-ovqat texnologiyasi
3 35.03.08 Suv bioresurslari va aqvakultura
4 38.03.01 Iqtisodiyot

Sirtqi[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 05.03.06 Ekologiya va tabiatni boshqarish
2 19.03.03 Oziq-ovqat texnologiyasi
3 35.03.08 Suv bioresurslari va aqvakultura

Kechki ta`lim[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 38.03.01 Iqtisodiyot

Xalqaro faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Talabalar hayoti va yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filialda talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishtirish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Filialda jami 9 ta to`garak mavjud bo'lib, ularning 5 tasi ilmiy, 4 tasi sport to'garaklari bo'lib, jami 140 nafar talabalar to'garaklar a’zosi hisoblanadi.

Talabalarning tadqiqot ishlarini baholovchi ko'rsatkichlar:

  1. Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanuvchi talabalar soni 46 nafarni tashkil etdi.
  2. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini nazorat qiluvchi o'qituvchilar soni 14 nafarni tashkil etadi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining № PF-6309 2021 yil 9 sentyabrdagi "Respublikaning oliy ta'lim muassasalarida o'qiyotgan va ilmiy faoliyat bilan shug'ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi [2] farmoniga muvofiq 2021/2022 o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalari, shuningdek respublikada faoliyat ko'rsatayotgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining filiallarida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va Davlat nomdor stipendiyalari uchun tanlovlar o'tkaziladi.

Joriy o'quv yili boshida, belgilangan tartibda filialda 2023-2024 o'quv yili uchun nomzodlarni tanlab olishning dastlabki bosqichi bo'lib o'tdi va uning natijalari to'g'risidagi barcha zarur ma'lumotlar, shuningdek, tavsiya etilgan talabalarning hujjatlari O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga Ko'rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishlari uchun taqdim etildi.

Filial talabalari R.Nurmatova va Sh.To'gaev Beruniy hamda Islom Karimov nomidagi stipendiya tanlovida qatnashish uchun hujjatlari barcha mezonlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi respublika komissiyasida belgilangan tartibda ko'rib chiqildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiya vazirligining 2023 yil 4 dekabrdagi 516-sonli buyrug'iga asosan 2/109-sonli guvohnoma asosida Nurmatov Ruhsora Utkir qizi Beruniy nomidagi stipendiya sohibi deb e'tirof etildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiya vazirligining 2023 yil 4 dekabrdagi 516-sonli buyrug'iga asosan 4/112-sonli guvohnoma asosida, Togayev Shokhruh Akbarovich Islom Karimov nomidagi stipendiya sohibi sifatida e'tirof etildi.

"Ekologiya va tabiatdan foydalanish" yo'nalishining 3-kurs talabasi Sh. Togaev № FZ-202010281-"Koloradodagi xavfli karantin majmuasining entomopatogen mikroorganizmlariga qarshi yangi biologik preparatlarni ishlab chiqish" va "Qiyin hududlarda etishtiriladigan moyli urug'larni nazorat qilish uchun qishloq xo'jaligi texnikasini rivojlantirish" loyihalarida ishtirok etadi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://lex.uz/docs/-4430337
  2. https://lex.uz/docs/-5622752