Asteroteka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asteroteka (Asterotheca) – Qirq-quloqdoshlar oilasiga mansub sporali oʻsimliklar turkumi. Faqat qazilma holda uchraydi. Barglari murakkab, yirik va uch karra patsimon. Sporali va sporasiz yaproqchalarining tuzilishi oʻxshash. Qazilma holda Asterotekaning sporali, sporasiz barglarining izlari va sporasi Oʻrta Osiyo (Nurota, Hisor togʻlari) va boshqa hududlarda topilgan. Asterotekaning 15 ga yaqin turi maʼlum[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]