Association for Women in Computing

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Association for Women in Computing („Ayollarning hisoblash texnikasi sohasidagi assotsiatsiyasi“ AWC) — hisoblash sohasida ishlaydigan ayollarni jamlaydigan, Amerika professional tashkiloti. U 1978-yilda Vashingtonda tashkil etilgan boʻlib, Hisoblash texnikasi boʻyicha mutaxasislarni sertifikatsiyadan oʻtkazish instituti (ICCP) aʼzosi hisoblanadi[1].

Tashkilotning maqsadi[tahrir | manbasini tahrirlash]

AWC ning belgilangan maqsadi ayollarga tarmoq, uzluksiz taʼlim va murabbiylik orqali hisoblash texnikasi sohasida professional yuksalish uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni taqdim etishdan iborat[2]. Buning uchun tashkilot kompyuter sanoatida ayollar duch keladigan muammolar haqida xabardorlikni oshiradi, ayollarning kompyuter sohasidagi kasbiy rivojlanishi va taraqiyyoti yoʻlida yordam beradi va ayollarni kompyuter fanlari sohasida martaba orttirishga undaydi. AWC — axborot texnologiyalariga qiziquvchi ayollar va erkaklar uchun, Amerika milliy notijorat professional tashkiloti hisoblanadi[3]. Shuningdek, AWC Ada Lavleys mukofoti muntazam ravishda ikki sohadan birida yuqori natijalarga erishgan kishilarga topshiriladi: atoqli ilmiy va texnologik yutuqlarga erishgani uchun va/yoki ayollarning hisoblash sohasidagi yutuqlari va hissalari orqali hisoblash jamiyati oldida qilgan atoqli xizmati uchun.

Tashkilotning tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

AWC 1978-yilda notijorat tashkilot sifatida tashkil etilgan boʻlib, dastlab „Kompyuter sohasidagi ayollar milliy assotsiatsiyasi“ deb nomlangan[4]. Puget Saund boʻlimi, 1979-yil qishda, Donnafay Kerroll Finger va Dayan Xelsig tomonidan tashkil etilgan. Bu ikki ayol, kompyuter sanoatidagi, ayollar uchun yangi uyushma haqidagi maqolani oʻqib chiqib, tez orada Puget Saund-da yangi boʻlim ochishni muhokama qilishgan. AWC ning qardosh shaharlar boʻlimi birinchi marta 1979-yil dekabrda yigʻilish oʻtkazdi va 1981-yil 6-mayda charter boʻlimiga aylandi[5].

Boʻlimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

AWC quyidagi boʻlimlarga ega:

  • Montana State University (Montana davlat universiteti);
  • Nyu-Jersi (Nyu-Jersi);
  • Seattle, Washington (Sietl, Vashington);
  • Twin Cities, Minnesota (Qardosh shaharlar, Minnesota);
  • Puget Sound Washington (Pujet Saund Vashington).

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Association for Women in Computing - Home“. acw-hq.org. 2022-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
  2. Gay, Martin K.. Recent Advances and Issues in Computers. Oryx Press, 2000 — 190 bet. ISBN 1573562270. „Association for Women in Computing.“ 
  3. „Association for Women in Computing - Puget Sound - Home“ (en) (deadlink). www.awcps.org. 2016-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Mardesich, Jodi (17–oktabr 1994–yil). „Networking Groups Strive to Put Women Back in the Loop“. InfoWorld. 2021-12-12da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021-12-12. {{cite magazine}}: Unknown parameter |deadlink= ignored (|url-status= suggested) (yordam)CS1 maint: date format ()
  5. „About AWC – AWC Twin Cities“ (en) (deadlink). www.awctc.org. 2017-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]