Assim Madibo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Assim Madibo
Madibo Qatar milliy terma jamoasi bilan 2019-yil Osiyo kubogida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Assim Omer Al Haj Madibo[1]
Tavallud sanasi 22-oktyabr 1996-yil (1996-10-22) (27 yosh)
Tavallud joyi Doha, Qatar[1]
Boʻyi 1.68 m[2]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Duhail
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000–2014 AJ Auxerre
2014–2015 Aspire Academy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015–2016 LASK Linz 1 (0)
2015–2016 FC Pasching/LASK Linz II 4 (0)
2016 Cultural Leonesa 1 (0)
2016–2017 Lekhwiya 12 (0)
2016– Al-Duhail 43 (0)
2017Eupen (loan) 0 (0)
2018Al-Gharafa (loan) 7 (0)
Milliy terma jamoa
2014 Qatar U19 5 (0)
2014 Qatar U21 4 (0)
2015 Qatar U20 2 (0)
2016 Qatar U23 11 (0)
2017– Qatar 43 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2018-yil 7-mart uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2012-yil 10-noyabr uchun)

Assim Omer Al Haj Madibo (1996-yil 22-oktyabrda tugʻilgan) — qatarlik futbolchi, Qatarning “Al-Duhail” klubida va Qatar terma jamoasi safida himoyachi vazifasida toʻp suradi.

Klubdagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madibo ilk futbolchilik faoliyatini AJ Auxerre klubida boshlagan[3]. 2015-yilda Qatardagi Aspire akademiyasini tamomlagan.

2015-yil yanvar oyida Madibo Avstriyaning LASK Linz klubining kattalar jamoasi safiga borib qoʻshiladi. U professional ligadagi ilk debyutini 2015-yilning 13-avgustida Avstriya chempionatining Lustenau klubiga qarshi oʻyinda o‘tkazadi. 2016-yil yanvar oyida u klubni tark etib, Cultural Leonesa klubiga borib qoʻshiladi[4].

Keyinroq ma'lum boʻlishicha Madibo 2017-yilning iyul oyida Belgiyaning birinchi A divizioni vakili "Eupen"ga Cultural Leonesa klubidan bir mavsumga ijaraga olinadi[5].

Assim Madibo hozirda "Al Duhail" jamoasi safida oʻynamoqda. Asosiy pozitsiyasi: yarim himoyachi. Asosiy tarkibdagi oʻyinlar soni: 23 tani tashkil etadi. Transfer bozorida futbolchi Assim Madiboning hozirgi taxminiy bahosi 555 000 yevroni tashkil etadi, bu transferlarning oʻrtacha bozor narxidan oshib ketadi. Shu kunga qadar Assim Madibo "Al Duhail" jamoasi safida 25 ta oʻyinda ishtirok etdi.

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qatarda sudanlik oilada tugʻilgan Madiboda Qatar yoki Sudan futbol terma jamoalaridan istalgan birini tanlash imkoniyatiga ega edi va u Qatar vakili sifatida toʻp surishni afzal koʻrdi. Madibo oʻz mamlakatining turli yosh guruhlarida maydonda harakatlangan. U 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2014-yilgi Osiyo chempionatida Qatarning 19 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi a'zosi boʻlgan va Qatar bilan chempionlikni qoʻlga kiritgan. U 2015-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Qatarning 20 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasi safida ham oʻynagan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madibo 2018-yil yanvar oyida

Al-Duhayl

  • Qatar Yulduzlar Ligasi: 2016–17, 2019–20
  • Qatar amiri kubogi: 2019-yil
  • Qatar Shayx Jassim kubogi: 2016-yil

Qatar U19

Qatar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Assim Madibo“. Global Sports Archive. Qaraldi: 2021-yil 14-noyabr.
  2. „FIFA World Cup Qatar 2022: List of players: Qatar“. FIFA (2022-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 22-noyabr.
  3. „Assim Madebo“. footballdatabase.
  4. „Assim Madibo“. Soccerway.
  5. „Deux nouveaux joueurs qataris pour Eupen (Two new Qatari players for Eupen)“ (French). sudinfo.be (2017-yil 14-iyul). Qaraldi: 2017-yil 16-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Assim Madibo at Soccerway
  • Assim Madibo at National-Football-Teams.com
  • Assim Madibo at BeSoccer

Andoza:Al-Duhail SC squad