Asr shartnomasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Asr shartnomasi
ozarb. Əsrin müqaviləsi
Neft hosiloti boʻyicha „Asr shartnomasi“ning 20 yilligiga bagʻishlangan marka.
Sana: 1994-yil 20-sentyabr
Shartnomaviy tomonlar
Ozarbayjon
AQSh
Buyuk Britaniya
Rossiya
Turkiya
Norvegiya
Yaponiya
Saudiya Arabistoni
Ishtirok etgan neft shirkanlari
ARDNSh

Amoco

Exxon
McDermott
UNOCAL

Pennzoil

BP
Lukoil
Turkiya Petrollari

Statoil
ITOCHU
Aramco
Delta

Asr shartnomasi — 1994-yil 20-sentyabrda Bokuda "Kaspiy dengizining Ozarbayjon sektorida „Azeri“, „Chiroq“ „Guneshli“ neft konlarining chuqurlikda joylashgan qismining birgalikda ishlanishi va olingan neftning ulush shaklida taqsimlanishi" toʻgʻrisida  eng yirik 11 neft shirkati bilan tuzilgan shartnoma.[1]

Shartnoma bilan bogʻliq muzokaralar haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalq irodasi, taklifi va talabi bilan 1993-yilda Haydar Aliyevning hokimiyatga qayitishi Ozarbayjonning siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim oʻzgarishlarning boshlangʻichi boʻldi. Ozarbayjonni halokatli falokatdan xalos qilgan rahbar Haydar Aliyev mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun ham chora-tadbirlar koʻra boshladi. Birinchi kunlardanoq Ozarbayjon Respublikasi Davlat Neft Shirkatining birinchi vitse-prezidenti, deputat Ilhom Aliyev uchrashuvlar jarayoniga jalb qilindi, yangi neft strategiyasining tayyorlanishi va muvaffaqiyat bilan amalga oshirilishida eng faol ishtirokchilaridan biri boʻldi. Uning butun faoliyati markazida qisqa shaklda ifoda qilgan qatʼiy gʻoya turadi:

Bizning maqsadimiz faqatgina neft olish, uni sotib, daromad qilishdan iborat emas. Bizning maqsadimiz neftdan kelgan barcha manfaatlarni ham siyosiy, ham iqtisodiy hamda boshqa manfaatlarni Ozarbayjon xalqining kelajak manfaatlari, farovonligi uchun foydalanishdan iborat.[1]

„Asr shartnomasi“ bilan bogʻliq muzokaralarning 1994-yil bahorida va yozida Istanbul va Hyustondagi soʻnggi bosqichlari ayniqsa ogʻir oʻtdi. Baʼzan inqiroz vaqtlari ham boʻlar, muayyan shartlarning qabul qilinmasligi natijasida muzokaralarni toʻxtatish darajasiga borilar edi. Oʻsha vaqtlarni Ilhom Aliyev shunday yodga oladi:

Biz xorijiy shirkatlarga aytardik: siz alohida-alohida shirkatlarning qiziqishlarni himoya qilmoqdasiz. Biz esa mamlakatning va Ozarbayjon xalqining manfaatlarini himoya qilmoqdamiz. Agar siz xatolikka yo’l qo’ysangiz, bu shirkatingizning faqatgina bir loyihasida o’z aksini topadi, agar biz xato qilsak, bu xato butun Ozarbayjon xalqining manfaatiga zarar keltiradi. Boshqacha aytganda, biz hech qanaqasiga xatoga yo’l qo’ya olmaymiz.[1]

Barcha qiyinchiliklarga qaramay, shartnoma Ozarbayjon milliy manfaatiga mos tayyorlandi.[1]

Shartnoma tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yil 20-sentyabrda Bokuda Guliston saroyida Kaspiyning Ozarbayjon sektoridagi „Azeri“, „Chiroq“ „Guneshli“ neft konlarining chuqur suv qatlamlaridagi neftning birgalikda ishlanishi haqida bahosi 7,4 mlrd.dollar boʻlgan „mahsulotning ulush taqsimlanishi“ turidagi shartnoma imzolandi. Shartnoma oʻz tarixiy, siyosiy va xalqaro ahamiyatiga koʻra „Asr shartnomasi“ deb nomlangan, tahminan 400 sahifa hajmida va 4 tilda oʻz aksini topgan. „Asr shartnomasi“da dunyoning 8 mamlakati (Ozarbayjon, AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya, Turkiya, Norvegiya, Yaponiya va Saudiya Arabistoni), eng mashhur 13 neft shirkati (Amoco, BP, McDermott, UNOCAL, ARDNSh, Lukoil, Statoil, Exxon, Turkiya Petrollari, Pennzoil, ITOCHU, Ramco, Delta) ishtirok etdi. Bu shartnomada Buyuk Britaniyaning „British Petroleum“ (investitsiyaning 17,12 foizi) va „Ramco“ (2,08 foizi), AQShning „Amoco“ (17,01 foiz), „UNOCAL“ (11,2 foiz), „Penzzoil“ (9,81 foiz), „McDermott“ (2,45 foiz), Rossiyaning „Lukoil“ (10,0 foiz), Norvegiyaning „Statoil“ (8,56 foiz), Turkiyaning „Turk petrollari shirkati“ning (1,75 foiz) va Ozarbayjon Neft shirkatining esa 20 foiz ulushi bor edi. Bu bilan ham „Yangi neft strategiyasi“ va doktrinasi muvaffaqiyat bilan amalga oshirila boshlandi.[1]

„Asr shartnomasi“ Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi tomonidan tasdiqlandi va 12-dekabr 1994-yilda kuchga kirdi. Ilk marta qazib olingan neft zahirasi 511 million tonna boʻlgan, soʻngra esa quduqlar hisob-kitobi natijalariga koʻra bu zahira 730 mln tonnaga yetgan va bu bilan bogʻliq konlarning ishlatilishiga talab qilingan sarmoya xarajatlari 11,5 mlrd AQSh dollari deb qabul qilingan; umumiy sof foydadan Ozarbayjon ulushi 80 %, sarmoyadorlar ulushi 20 % ni tashkil qiladi.[1]

„Asr shartnomasi“ning dastlabki kunlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Asr shartnomasi“ning dastlabki kunlaridan boshlab Ozarbayjon Xalqaro Amaliyot shirkati tuzildi va tasdiqlangan yagona dastur boʻyicha ARDNSh bilan birga ishlar yoʻlga qoʻyildi. Mazkur bitim keyinchalik jahonning 19 mamlakatidagi 41 ta neft kompaniyasi bilan 30 tagacha bitim tuzishiga yoʻl ochdi. „Asr shartnomasi“ ham karbogidrogen zahiralarining miqdorida hamda qoʻyilgan sarmoyalarning hajmiga koʻra dunyoda tuzilgan eng yirik bitimlar roʻyxatiga kirgan. Imzolangan neft bitimlari boʻyicha Ozarbayjonning neft sanoati rivoji uchun nazarda tutilgan 64 milliard AQSh dollaridan 57,6 milliardi dengiz neft konlarining oʻzlashtirilishi va perspektivli strukturada qidirish-kashfiyot ishlarining olib borilishiga yoʻnaltirilgan.[1]

„Asr shartnomasi“ning amalga oshirilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Asr shartnomasi“ning amalga oshirilishidan boshlab Ozarbayjon iqtisodiyotida burilish sodir boʻldi va katta ishlar boshlandi. Birinchi navbatda 1995-yilda dastlabki neft qazib olish loyihasi doirasi Chiroq-1 gʻarb standartlariga muvofiq tuzildi va katta qiya quduqlarning qazilmasi maqsadida bu  loyihaning ust modeli modernizatsiya qilinib, yangi qazish uskunalari bilan taʼminlandi. Yangi qazish qurilmasi qatlamlarda gorizontal quduqlarning qazilishiga imkon berdi. Maksimal qiyalik bilan qazilgan A-18 (ogʻishi — 5500 m), A-19 (ogʻishi — 6300 m-dan ortiq) va ekspluatatsiya quduqlari katta neft qazib olish bilan ishga tushdi. 1997-yilda Chiroq neft konida neft hosiloti boshlandi.[1]

Ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guliston saroyi.

1999-yil dekabrda Ozarbayjon „manfaat nefti“ bilan toʻldirilgan ilk tanker dunyo bozorlariga chiqarildi. Bu neftning sotilishidan olingan valyuta prezident Haydar Aliyev tomonidan tuzilgan Ozarbayjon Respublikasi Davlat Neft Fondiga oʻtkaziladi va xalqqa foyda keltiradi. Shimol istiqomatidagi uzunligi 231 km, diametri 720 mm boʻlgan Boku-Novorossiysk neft quvurining Ozarbayjon hissasi barpo va insho qilingan, ilk marta 25-oktyabr 1997-yilda Ozarbayjon nefti Novorossiysk portiga (Rossiya Federatsiyasiga) koʻchirildi. Quvur foydalanishga topshirilgan kundan 2007-yilning oxirigacha bu yoʻnalish bilan 11 million 34 ming tonna neft tashildi.[1]

Gʻarb istiqomatida uzunligi 837 km, diametri 530 mm Boku-Supsa quvurlari barpo qilinib, 17-aprel 1999-yilda ishga tushirildi. Foydalanishga topshirilgan kundan 2007-yilning oxirigacha Boku-Supsa quvuri bilan 45 mln 542 ming tonna neft oʻtkazildi. 1997-yilda respublikada neft hosiloti 9 million tonna boʻlsa, 2007-yilda bu raqam 40 million tonnaga chiqqan.[1]

Kaspiyning katta chuqurliklarida joylashgan sohalarida chuqur kashfiyot quduqlarining qazilishi maqsadida „Dada Qoʻrqut“ (avvalgi „Kaspmorneft“) suvosti qazish quduqlari taʼmirlanib, modernizatsiya qilingan va 50-475 m dengiz chuqurligida 7620 m chuqurligigacha quduq qazish imkoniga egadir.[1]

Boshqa qurilma „Istiqlol“ (sobiq „Shelf-5“) yarimbotma suzuvchi qazilma qurilmasi taʼmirlanib, modernizatsiya qilinib, 50-700 metr dengiz chuqurligida 7620 metr chuqurlikkacha quduq qazish imkoniga ega. Modernizatsiyalangan qazilma qurilmalarining yordami bilan „Azeri-Chiroq-Guneshli“ neft konlarida birga olib borilgan ishlar natijasida 6 kashfiyot qudugʻi qazildi, bularning maydonida keyinchalik neft zahiralari 30 % dan orttirildi.[1]

Bu qurilmalar 1996-yilda yaratilgan „Kaspian Drilling Kompani“ qoʻshma korxonasining tarkibida „Shohdengiz“ va „Azeri-Chiroq-Guneshli“ konlarida oʻz ishlarini muvaffaqiyat bilan davom ettirmoqdalar. Xorijiy shirkatlar tomonidan Ozarbayjon uchun qurilgan, Haydar Aliyev nomidagi „Lider“ qurilmasi yordami bilan ham texnika-texnologiya sohasida katta takomillashtirish amalga oshirilmoqda.[1]

1999-yil noyabrda Turkiyaning Istanbul shahrida oʻtkazilgan ATET Sammitida AQSh, Turkiya, Ozarbayjon, Gruziya, Qozogʻiston va Turkmaniston prezidentlari tomonidan Boku-Tbilisi-Jayhon (BTJ) „Asosiy eksport neft quvurlari“ oʻtkazilishi toʻgʻrisida davlatlararo Shartnoma imzolandi.[1]

2002-yil 18-sentyabrda Bokuda Sangachal terminalida sobiq prezident Haydar Aliyevning Turkiya va Gruziya prezidentlarining ishtiroki bilan Boku-Tbilisi-Jayhon eksport neft quvurlarining tamal toshi qoʻyilgan va qurilishi boshlangan. BTJ ning Ozarbayjon hissasining Gruziya hissasi bilan birlashtirilishi 2004-yil oktyabrda sodir boʻldi. 2006-yil 13-iyulda esa Turkiyaning Jayhon shahrida XXI asrning eng katta energiya loyihasi boʻlgan Haydar Aliyev nomidagi Boku-Tbilisi-Jayhon (BTJ) „Asosiy eksport neft quvurlari“ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. BTJ foydalanishga berilgan kundan 2007-yilning oxirigacha Jayhon portidan 36 million 796 ming 555 tonna Ozarbayjon nefti dunyo bozorlariga chiqarildi.[1]

Bu „Asosiy eksport neft quvuri“ning texnik-iqtisodiy ahamiyatidan tashqari uning siyosiy ahamiyati ham kattadir. Bu neft quvuri jahon davlatlari bilan Ozarbayjon davlatining yangi munosabatlari, dunyo xalqlari bilan Ozarbayjon xalqining aloqalarini yangidan qurilishiga imkon berib, Ozarbayjonning xorijiy siyosatining mustahkamlanishi va rivojlanishiga sabab boʻladi.[1]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorijiy oʻtishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Məmmədov, Cabir. Avrasiyanın islam dövlətləri (Azerbaijani), Bakı, 2000. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 Aliyev, Haydar. Mustaqillik abadiydir. (Azerbaijani), Boku, 2008 — 339 bet.