Askaniya-nova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Askaniya-nova – davlat dasht qo‘riqxonasi, Ukrainaning Xerson vi-loyatidagi Chaplin tumanida. Ukraina janubida dashtlarning tabiiy o‘simlik qoplamini saqlash maqsadlarida 1828 yilda xususiy qo‘riqxona tarzida tashkil etilgan. Qo‘riqxonada iqlimlashtirish hayvonot bog‘i va dendropark (daraxt va butalarning 120 dan ortiq xili o‘stiriladi), Ukraina "Askaniya-Nova" dasht rayonlari chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti bor. Iqlimlashtirish hayvonot bog‘ida turli mamlakatlardan keltirilgan yov-voyi hayvonlarning noyob kolleksiyasi to‘plangan: antilopa, bizon, zubr, zebra, lama, bug‘ular uchun tabiiy yashash sharo-itlari yaratilgan. Yovvoyi qushlarning 270 dan ortiq turi bor (nandu, oqqushlar, flamingo, Afrika tuyaqushi, turnalar va boshqalar). Qo‘riqxonada Prjevalskiy otlari muvaffaqiyatli ko‘paytirilmoqda. Qo‘riqxonada turli yo‘nalishlarda ilmiy ishlar olib boriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Askaniya-nova" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil