Lama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lama (tibetcha, aynan — eng ulugʻ) — lamaizm tarqalgan mamlakatlar (Tibet, Mongoliya, Qalmogʻiston)da budda monaxi. L. tushunchasi 8-a.da Tibetda birinchi monastirga asos solingani va monaxlik jamoasi tashkil etilishi bilan paydo boʻldi. Tibetda avval oliy ilmiy daraja olgan va ustoz boʻlishga haqi boʻlgan monaxlar L. deb atalgan. Keyinchalik Tibetda va lamaizm tar-qalgan boshqa mamlakatlarda monaxlik axdini qabul qilgan har qanday shaxs L. deb ataladi. Dindorlar L.ni gʻayritabiiy fazilatlarga ega va ilohiy olam bilan gaplasha oladigan shaxs deb biladilar.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil