Asirtiko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Assyrtiko — Asirtiko (Assyrtiko, grekcha: Ασύρτικο) — Gretsiyaning Santorini orolida yetishtiriladigan avtoxton (mahalliy) uzum navi va shu nomdagi oq vino. Asirtiko Tiraning qurgʻoqchil, ammo vulqon kullariga boy boʻlgan yerlarida, shuningdek, Egey dengizining Paros va Naxos kabi orollarida keng tarqalgan. Bu nav, shuningdek, Gretsiyaning boshqa hududlari, masalan, Markaziy Makedoniya chegarasidagi Xalkidiki yarim orolida ham yetishtiriladi[1]. Santorinida bu navning koʻplab eski uzumzorlari mavjud (70 yoshdan oshgan) va ularning koʻpchiligi payvandlanmagan. Bu uzumzorlar phylloxera kasalligiga chidamli.

Turi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu navdan aralashtirmasdan turli xil ajoyib sharob navlarini ishlab chiqarish mumkin, lekin aralashtirish uchun mos keladi[2]. Uzumning mineral tarkibi boshqa navlar bilan aralashtirish uchun imkon beradi yaratadi va soʻnggi paytlarda uni Sauvignon blanc, Semillon va Malagousia[1] kabi navlar bilan aralashtirishmoqda. Asirtiko shingillari katta, shaffofsimon sariq-tillarangdagi suvli magʻziga ega. Santorinining vulqonli tuprogʻida, ehtimol, uzum mevasiga taʼsir qiladigan va sharobga ham oʻtadigan oʻziga xos xususiyatlar bor. Ulardan biri shuki, Asirtiko juda pishganida ham ishqoriyligini yoʻqotmaydi. Yunoniston boʻylab bu uzumdan turli xil quruq va shirin sharoblar, jumladan „Vin Santo“ kabi muskat va desert uchun shirin sharoblar tayyorlanadi. Qatronli „Retsina“ni tayyorlash uchun Asirtikoni koʻpincha kamroq ishqorli Savatiano navi bilan aralashtirishadi[3].

Sinonimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asirtiko Arkitiko, Assyrtiko va Assurtiko nomlari bilan ham tanilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 The Oxford Companion to Wine, Third Edition, Oxford: Oxford University Press, 2006 — 37 bet. ISBN 0-19-860990-6. 
  2. „Ασύρτικο - Online Κάβα House of Wine - e-κάβα σου“. 2013-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-avgust.
  3. J. Robinson. Vines, Grapes & Wines. London: Mitchell Beazley, 1986 — 261 bet. ISBN 1-85732-999-6. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]