Ashley Henry

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Doneil Jor-Dee Ashley Henry (talaffuzi: Donil Jor-D Eshli Genri; 1993-yil 20-aprelda Kanadada tugʻilgan) — kanadalik futbolchi, Kanada terma jamoasi himoyachisi[1].

Doneil Henry
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Doneil Jor-Dee Ashley Henry
Tavallud sanasi 20-aprel 1993-yil (1993-04-20) (31 yosh)
Tavallud joyi Brampton, Ontario, Kanada
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Brampton Youth SC
North Mississauga SC
2008—2010 Toronto FC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2013 Toronto FC 49 (1)
2014—2015 Apollon Limassol 0 (0)
2014 → Toronto FC (ijara) 21 (1)
2015—2017 West Ham United 0 (0)
2015—2016Blackburn Rovers (ijara) 4 (0)
2016AC Horsens (ijara) 4 (0)
2018—2019 Vancouver Whitecaps FC 39 (4)
2018Ottawa Fury (ijara) 3 (0)
2020—2021 Suwon Samsung Bluewings 41 (3)
2022 Los Angeles FC 5 (0)
Milliy terma jamoa
2010—2013 Kanada U20 6 (0)
2012 Kanada U23 3 (1)
2012— Kanada 44 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 14-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 13-iyun uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doneil Henry „Toronto“ futbol klubi bitiruvchisi. 2009— 2010-yillarda yoshlar terma jamoasi sardori boʻlgan[2]. 2010-yil 2-iyunda u „Toronto“ futbol klubi safida Kanada chempionatida „Vancouver Whitecaps“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 26-avgust kuni Doneil Henry „Toronto“ futbol klubi bilan professional shartnoma imzolagan. 2014-yil 31-oktyabrda Doneil Henry avvalroq Kiprning „Apollon“ futbol klubiga sotilgan[3][4].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchi ilk marotaba xalqaro musobaqada Gvatemalada boʻlib oʻtgan CONCACAF yoshlar chempionatida Kanada yoshlar jamoasi safida ishtirok etgan[5][6]. Turnirda u Gvadelupa, Kosta-Rika va Meksika jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[7].

2012-yil 15-avgustda Trinidad va Tobagoga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Genri Kanada terma jamoasi safida debyut qilgan[8].

2013-yilda Donil terma jamoaning CONCACAF oltin kubogi oʻyinlari tarkibiga kirgan[9][10]. Turnirda u Martinika, Meksika va Panama terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[11][12].

2013-yilda Genri CONCACAF yoshlar chempionatida yoshlar jamoasi safida ikkinchi marta maydonga tushgan[13][14]. Turnirda u Kuba, AQSh va Nikaragua jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[15].

Genri 2019-yilgi CONCACAF oltin kubogi uchun Kanada terma jamoasiga kiritilgan[16][17][18].

2019-yil 7-sentyabr kuni CONCACAF Millatlar ligasining 2019—2020-yilgi mavsumida Kubaga qarshi o‘yinda Genri Kanada terma jamoasi safida ilk golini urgan[19].

U 2021-yilgi CONCACAF oltin kubogi oʻyinlari tarkibga kiritilgan[20][21].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
Toronto F. C. Kanada bayrogʻi Kanada 2010—2014 93 5
Apollon Limassol Kipr bayrogʻi Kipr 2014—2015 0 0
West Ham United F. C. Angliya bayrogʻi Angliya 2015—2017 1 0
Blackburn Rovers F. C. (ijara) Angliya bayrogʻi Angliya 2015—2016 4 0
AC Horsens (ijara) Daniya bayrogʻi Daniya 2016 4 0
Vancouver Whitecaps Kanada bayrogʻi Kanada 2018—2019 42 4
Ottawa Fury F. C. (ijara) Kanada bayrogʻi Kanada 2018 3 0
Los Angeles F. C. AQSH bayrogʻi AQSh 2022 - -
Toronto F. C. Kanada bayrogʻi Kanada 2022 - -

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Doneil Henry by Sideline Stories“ (en). The Official 'Caps Podcast | Free Listening on SoundCloud. Qaraldi: 2018-yil 18-mart.
  2. Peter Mallett. „Youngsters Figure In NCC Finale“ (en). Toronto FC (2010-yil 2-iyun). 2010-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-iyul.
  3. „Henry sold to Apollon Limassol“ (en). Toronto FC (2014-yil 31-oktyabr). 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  4. John Molinaro. „Toronto FC sold Henry to Apollon Limassol“ (en). Sportsnet.ca (2014-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.
  5. „Коста-Рика (до 20) VS. Канада (до 20) 3:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 2-aprel).
  6. „Канада (до 20) VS. Гваделупа (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 29-mart).
  7. „Мексика (до 20) VS. Канада (до 20) 3:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 6-aprel).
  8. „Канада VS. Тринидад и Тобаго 2:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 16-avgust).
  9. „Canada finalizes roster for Gold Cup, announces friendly“ (en). Canada Soccer (2013-yil 27-iyun). 2019-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-mart.
  10. „Панама VS. Канада 0:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 14-iyul).
  11. „Канада VS. Мартиника 0:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 7-iyul).
  12. „Мексика VS. Канада 2:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 12-iyul).
  13. „США (до 20) VS. Канада (до 20) 4:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 27-fevral).
  14. „Куба (до 20) VS. Канада (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 19-fevral).
  15. „Канада (до 20) VS. Руанда (до 20) 5:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 23-fevral).
  16. „Together We Rise: Canada Soccer announces squad for the 2019 Concacaf Gold Cup“ (en). Canada Soccer (2019-yil 30-may). 2019-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-iyun.
  17. „Bayern’s Alphonso Davies headlines Canada’s Gold Cup squad“ (en). Sportsnet.ca (2019-yil 30-may). Qaraldi: 2019-yil 25-iyun.
  18. „Bayern's Davies headlines Canada's Gold Cup squad“ (en). TSN.ca (2019-yil 30-may). Qaraldi: 2019-yil 25-iyun.
  19. „Canada lights up Cuba, earns clean sheet to kick off Nations League campaign“ (en). CBC Sports (2019-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 8-dekabr.
  20. „Alphonso Davies, Ayo Akinola highlight Canada’s Gold Cup squad“ (en). Sportsnet.ca (2021-yil 1-iyul). Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.
  21. „Canada Soccer announces 2021 Concacaf Gold Cup roster“ (en). Canada Soccer (2021-yil 1-iyul). Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.