Kontent qismiga oʻtish

Asalarisimonlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Asalarisimonlar
Xylocopa micans
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Tip: Boʻgʻimoyoqlilar
Sinf: Hasharotlar
Turkum: Pardaqanotlilar
Oila: Asalarisimonlar

Asalarisimonlar (Apidae) — nashtarli pardaqanotlilar turkumining bitta oilasi (ayrim adabiyotlarda katta oilasi), 20 mingdan ortiqtoʻrni oʻz ichiga oladi. Koʻpchilik asalarisimonlar yopiq urugʻlilar gulidan nektar va gulchangi yigadi; ta-nasi gulchangini yigʻishga moslashgan qalin tuklar bilan qoplangan; orqa oyogʻi panjasining birinchi boʻgʻimi kengayib gul changini toʻplovchi chuqurcha-savatchani hosil qiladi. Ogʻiz apparati pastki jagʻlar va pastki labning oʻzgarishidan hosil boʻlgan hartumdan iborat, lekin kemiruvchi ogʻiz apparati tuzilishiga xos belgilar — yuqori lab va yuqori jagʻlarning saqlanib qolganligi tufayli kemiruvchi-soʻruvchi ogʻiz apparati deb ataladi. Deyarli barcha asalarisimonlarning nashta-ri boʻladi. Ayrim asalarisimonlar (masalan, asalarilar, paxmoq arilar, galiktlar, qizil arilar, sariq arilar, barg kemiruvchilar) odamni chaqib olganida kuchli ogʻriq paydo qiladi. Koʻpchilik asalarisimonlarning nashtari odam terisini teshib oʻta olmaydi. Asalarisimonlar hayot kechirishiga koʻra yakka yashovchilar, pa-razitlar va jamoa boʻlib yashovchilarga boʻlinadi. Yakka yashovchi asalarisimonlar mustaqil in quradi, tuxumdan chiqqan qurtini gul ne-ktari va gul changi aralashmasidan iborat oziq bilan boqadi (kolletlar, andrenalar, galiktlar, melittalar, osmiyalar). Ayrim yakka yashovchi asalarisimonlar tuproqqa, loy devorlarga, jarliklarga uya quradi, baʼzan yi-rik koloniya hosil qiladi (antoforalar). Mayda asalarisimonlar — seratinlar (Ceratina urugʻi) butalar shoxiga, malina va maymunjonga oʻxshash yumshoq oʻzakli oʻsimliklarning qurigan shoxlariga uya quradi. Yirik arrakash ari (Xylocopa) qurigan yogʻochlar (toʻnka, taxta)ga in quradi. Parazit asalarisimonlar (Anthophora)ning urgʻochisi oʻz tuxumlarini boshqa arilar (andrenalar, kollektlar, galiktlar) uyasiga qoʻyadi. Jamoa boʻlib yashovchi asalarisimonlar tuzilishi va bajaradi-gan vazifalariga binoan bir-biridan farq qiladigan individlardan tashkil topadigan oilani hosil qiladi (tukli arilar, asalarilar, kakku arilar). Tuk-li arilar va asalarilar oilasi bitta yirik ona ari, juda koʻp voyaga yetmagan ishchi arilar, bir necha erkak arilardan iborat. Kakku arilar paxmoq arilar uya-siga kirib olib, onalarini oʻldiradi va uning katakchalariga oʻz tuxumini qoʻyadi. Asalarisimonlarning hayoti yopiq urugʻlilar hayoti bilan chambarchas bogʻliq. Evolyutsiya davomida oʻsimliklar bilan asalarisimonlar bir-biriga katta taʼsir koʻrsatgan. Arilarda gulni changla-tib, gul changi va nektarini yigishga im-kon beradigan moslashuv belgilari pay-686do boʻlgan. Oʻsimliklarda esa changlatuvchi hasharotlarni jalb kiladigan belgilar (nektar ishlab chikaruvchi bezlar, gul rangi, hidi) rivojlangan. Asalarisimonlar gullarni chan-glatib, oʻsimliklarning hosildorligini oshirishga yordam beradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil