Arxan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arxan
Okrug darajasidagi shahar
Skyline of Arxan
47°10′11″N 119°56′17″E / 47.16972°N 119.93806°E / 47.16972; 119.93806 G OKoordinatalari: 47°10′11″N 119°56′17″E / 47.16972°N 119.93806°E / 47.16972; 119.93806 G O
Asos solingan 1996-yil iyun
Aholisi
 (2010-yil)
68 300[1]
Vaqt mintaqasi UTC+8
Pochta indeks(lar)i 137800
[[File:|290px|Arxan xaritada]]
Arxan
Arxan

Arxan (tarjimasi „qaynoq buloqlar“) — Xitoy Xalq Respublikasi Ichki Mongoliya hududining shimoli-sharqidagi Hinggan ligasida joylashgan okrug darajasidagi shahar.

Geografiyasi va iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arxan shahri Hinggan ligasining shimoli-gʻarbida joylashgan. Arxan shahri 46° 39' dan 47° 39' shim.gacha shimoliy kenglik va 119° 28' dan 121° 23' gacha sharqiy uzunlikda joylashgan. Hududning shimoldan janubga maksimal uzunligi 118 km (73 mi) ga teng, sharqadan gʻarbgacha boʻlgan eng uzun qismi esa 142 km (88 mi) ni tashkil qiladi. Arxan shahri Greater Khingan togʻ tizmasining janubi-gʻarbiy qismini qamrab oladi.

Dengiz sathidan 1,000 m (3,280 ft) ga yaqin balandlida joylashganligi tufayli Arxan shahrining iqlimi subarktik (Köppen Dwc) hisoblanadi. Shaharga bostirib keladigan kuchli musson oqimi taʼsiri tufayli Arxan shahrida qish fasli qattiq sovuq, yoz fasli esa issiq va yomgʻirli boʻladi.Hududda sakkiz oy davomida harorat ancha past boʻladi. Olti oy davomida hudud muzliklar bilan qoplanib turadi. Hududdagi oylik oʻrtacha harorat −24.8 °C or −12.6 °F gradusgacha, yanvarda 17.1 °C or 62.8 °F gradusgacha, iyul oyida esa harorat −2.31 °C or 27.8 °F gradusgacha boʻladi. Yilning koʻp qismida kunlik harorat oʻzgarishi haroratning yillik oʻrtacha koʻrsatkichi 15 °C or 27 °F dan oshadi. Yillik yogʻingarchilikning deyarli toʻrtdan uch qismi iyun oyidan sentyabr oyigacha hududga tushadi. Ammo Arxan shahrida yogʻingarchilik yil davomida tez-tez boʻlib turadi. Nisbiy namlik koʻrsatkichi yozda eng yuqori darajaga chiqadi. Qish faslida esa nisbiy namlik ikkilamchi namlik darajasiga yetadi.

Turizm[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arxan milliy oʻrmon bogʻi Arxan shahrida joylashgan turizm markazi hisoblanadi. Arxan milliy oʻrmon bogʻi butun dunyodan sayyohlarni oʻziga jalb qiladi. Arxan milliy oʻrmon bogʻining landshaftlari orasida lava hosil qilinishi, krater koʻllari va zich oʻrmonlar kabi tabiiy landshaftlar mavjud[2].

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arxan shahrida Arxan Yi’ershi aeroporti joylashgan va bu aeroport shahar aholisi uchun 24 soat xizmat koʻrsatadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. China Urban Construction Statistical Yearbook 2017. Beijing: China Statistics Press, 2019 — 48 bet.  (Wayback Machine saytida 2019-06-18 sanasida arxivlangan)
  2. Yang, Feiyue. „Five trips to get children out and about“. China Daily (2019-yil 2-iyul).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]