Aruna Asaf Ali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aruna Asaf Ali
Tavalludi 1909-yil 16-iyul
Kalka
Vafoti 1996-yil 29-iyul (87 yoshida)
Yangi Dehli Hindiston
Fuqaroligi Hindiston bayrogʻi Hindiston
Millati hind
Sohasi Siyosatchi
Ish joylari Kongress Sotsialistik partiyasining a'zosi bo'lgan, keyin esa undan ko'ngli qolgan va 1948-yilda Sotsialistik partiyaga va 1950-yillarning boshida Hindiston Kommunistik partiyasiga qo'shilgan.1954 yilda Hindiston ayollari milliy federatsiyasining asoschilaridan biriga aylandi,1958-yilda Dehlining birinchi meri etib saylandi.
Mashhur ishlari Bombeydagi Govalya tank maydonida Hindiston Milliy Kongressi bayrog'ini ko'targani ko'pchilikga ma'lum
Turmush oʻrtogʻi Asaf Ali

Aruna Asaf Ali—siyosatchi Aruna Asaf Ali ( 1909 - 1996 ) - hind inqilobchisi,mamlakatning Buyuk Britaniyadan mustaqilligi uchun faol.Uning 1942-yildagi Avgust harakati paytidagi harakati,Bombeydagi Govalya tank maydonida Hindiston Milliy Kongressi bayrog'ini ko'targani ko'pchilikga ma'lum

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kalka shahridagi Panjobda tug'ilgan,u bengal braxmaistlari (induizm oqimlaridan biri) oilasidan chiqqan.U boshlang'ich ma'lumotni Lahordagi monastirda olgan,keyin Nainitalda o'qigan,keyin Kalkuttada o'qituvchi bo'lib ishlagan. 1928-yilda u ota-onasining diniy va yosh farqi tufayli noroziligiga qaramay,Ollohoboddagi Kongress partiyasi rahbari va musulmon Asaf Aliga turmushga chiqdi. Erining ta'siri ostida u Hindiston Milliy Kongressida faol ishtirok etdi, Tuz yurishida faol ishtirok etdi . 1931 va 1932-yillarda u hibsga olindi,ikkinchi marta ozod qilinganidan keyin u bir muddat ijtimoiy faoliyatdan nafaqaga chiqdi.

1942-yilda u avgust harakatida faol ishtirok etdi: 9-avgust kuni u Bombey maydonida Kongress bayrog'ini ko'targan bir guruh odamlarga rahbarlik qildi,bu harakatni boshlash uchun signal edi.Inglizlar uning mulkini musodara qildilar va hibsga olish uchun order berdilar,ammo Aruna yashirincha ish olib bordi va 1944-yilda yoshlarni "zo'ravonliksiz qarshilik" g'oyasidan voz kechishga va inqilobga qo'shilishga chaqirgan maqolani nashr etdi.Uning boshiga 5000 rupiy mukofot berildi.

U 1946-yilda,unga nisbatan ta'qiblar to'xtatilganda,yer osti ishlarini tark etdi Hindiston mustaqillikka erishgandan so'ng, u dastlab Kongress Sotsialistik partiyasining a'zosi bo'lgan, keyin esa undan ko'ngli qolgan va 1948 yilda Sotsialistik partiyaga va 1950-yillarning boshida Hindiston Kommunistik partiyasiga qo'shilgan .1954-yilda Hindiston ayollari milliy federatsiyasining asoschilaridan biriga aylandi, 1958-yilda Dehlining birinchi meri etib saylandi.

1964-yilda u tinchlik uchun xalqaro Lenin mukofoti , 1991-yilda Javoharlal Neru mukofoti bilan taqdirlangan .1984-yilda Sovet xalqlar do'stligi ordeni bilan taqdirlangan .1992-yilda u Hindistonning ikkinchi eng muhim fuqarolik mukofoti-Padma Vibhushan va 1997-yilda (o'limidan keyin)-Bharat Ratna,mamlakatning eng yuqori mukofotiga sazovor bo'ldi

[1]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Javoharlal Neru mukofoti laureatlari roʻyxati.ICCR sayti. 2013-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Padma mukofotlari katalogi (1954-2007).Ichki ishlar vazirligi.2010-yil 7-dekabrda olindi.2009-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Javoharlal Neru mukofoti laureatlari roʻyxati 2013.

[1]

.

  1. Javoharlal Neru mukofoti laureatlari roʻyxati 2013.