Arteriola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Arteriolalaar mikrosirkulyatsiyadagi kichik diametrli qon tomir bo'lib, Ular qonni arteriyadan olib tarmoqlanadi va tarqaladi va kapillyarlarga olib keladi.

Arteriolalar mushak devorlariga ega (odatda faqat bir-ikki qatlamli silliq mushak hujayralaridan tashkil topgan ) va qon tomir qarshiligining asosiy joyidir. Qon bosimi va qon oqimi tezligining eng katta o'zgarishi qonninng arteriolalardan kapillyarlarga o'tish paytida sodir bo'ladi. Bu funksiya juda muhim bo'lib, u bir qavatli ingichka kapillyarlarning bosim ostida yorilib ketishini oldini oladi. Arteriolalar bosimning pasayishiga yuqori qarshilikka ega bo'lganligi sabab erishadilar.

Klinik ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arteriola diametrlari yoshi va havo ifloslanishiga ta'sir qilish bilan kamayadi.

Kasalliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arteriola diametrining pasayishi.

Qon oqimiga ta'sir qiluvchi va uni to'xtatuvchi har qanday patologiya, masalan, stenoz, umumiy periferik qarshilikni oshiradi va gipertenziyaga olib keladi.

Ateroskleroz[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arterioloskleroz - bu arteriolalar devorlarining qattiqlashishi natijasida kelib chiquvchi patologik holatni ifodalovchi atama. Buning sababi qarish yoki gipertenziya yoki ateroskleroz kabi patologik holatlar bilan bog'liq bo'lgan fibrinogendan elastik ishlab chiqarishning kamayishi bo'lishi mumkin.

Arterit[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arteriolalarning arteritlari infektsiyaga yoki autoimmun reaktsiya natijasida arteriolalar devorlarining yallig'lanishiga aytiladi.

Dori-darmonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arteriolalarning mushaklarning qisqarishi qon bosimini pasaytiradigan dorilar ( gipertenziv dorilar), masalan, dihidropiridinlar ( nifedipin va nikardipin ) tomonidan maqsadli bo'lib, ular arteriolalarning mushak qatlamida kaltsiy o'tkazuvchanligini bloklaydi va silliq muskullar bo'shashishni keltirib chiqaradi bu qon tomirini kengaytriadi.