Kanat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kanat (rus. — arqon) — poʻlat sim yoki oʻsimlik tolalari, mineral yoki sintetik iplardan eshilib tayyorlanadigan egiluvchan buyum. Tayyorlanish usuliga koʻra, K. pishitilgan, pishitilmagan va oʻrilgan turlarga boʻlinadi. Poʻlat K., odatda, 0,3—0,4 mm diametrli pishiq simlardan dumaloq va shakldor qilib tayyorlanadi Eshilgan dumaloq K. 1 oʻrimli (spiral), 2 oʻrimli (trosli) va 3 oʻrimli (kabeltli) boʻladi. K. qayishqoq va chidamli boʻlishi uchun oʻrtasiga tolali (tabiiy yoki sintetik ip) yoki metall oʻzak eshiladi. Eshilgan tutamda simlarning nuqtaviy, chiziqli yoki aralash tegadigan, shuningdek, bir tomonga pishitiladigan, yarmi chapga, yarmi oʻngga pishitiladigan K. turlari boʻladi. Pishitilmagan K. poʻlat simlar yoki spiral K.lar tutamidan iborat boʻlib, ustidan sim bilan oʻraladi, yo boʻlmasa qisqich bilan qisiladi. Metallmas K. tabiiy (paxta, jut, asbest) yoki sintetik (kapron, neylon, perlon va b.) tolalardan tayyorlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil