Arjosp

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arjosp, Arjosb (aves. Arjita aspa – Qimmatbaho ot egasi) – Turon podshohi, Afrosiyobning oʻgʻli. “Avesto”ga asosan, Arjosp Turonning xyun (xun) qabilasidan. Eronda zardushtiylik dini paydo boʻlgach Arjosp Eronga qoʻshin tortib, Balxda Gushtospning otasi Luhrospni oʻldiradi. Koʻp oʻlja qatori Gushtospning singillarini ham oʻzi bilan olib keladi. Shunda Isfandiyor otasining buyrugʻi bilan Turonga qoʻshin tortib, asirga tushgan singillarini ozod qiladi, Arjospni oʻldiradi.

Arjosp “Tarixi muluki Ajam”da ikki marta tilga olingan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". 
  2. "Tarixi muluki Ajam".