Arizona iqtisodiyoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turistlarni eʼtiborini jalb qiladigan Arizona Meteorit krateri

2020-yilda Arizona iqtisodiyotining umumiy yalpi shtat mahsuloti 373 milliard dollarni tashkil etdi[1]. Sogʻliqni saqlash, transport va davlat boshqaruvi eng yirik tarmoqlar boʻlsa-da, shatat iqtisodiyotining tuzilishi yetarli darajada xilma-xil. Shtatning aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadi 40,828 dollarni tashkil etadi, Arizona bu koʻrsatkich bilan AQShda 39-oʻrinni egallaydi. Shtatning uy xoʻjaliklarining oʻrtacha daromadi 50,448 dollarni tashkil etib, mamlakatda 22-oʻrinni egalladi va AQSh milliy oʻrtacha daromadidan biroz pastroq natijani koʻrsatdi[2]. Oʻz tarixida Arizona iqtisodiyoti „beshta C“ga tayangan: mis (inglizcha: copper), paxta (inglizcha: cotton), qoramol (inglizcha: cattle), sitrus (inglizcha: citrus) va iqlim (inglizcha: climate). Mis hanuzgacha koʻplab yer usti va yer osti konlaridan keng miqyosda qazib olinadi. Mis shtat ishlab chiqarishining uchdan ikki qismini tashkil qiladi.

Bandlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umumiy bandlik 2016-yil

  • 2,379,409 nafar

Ish beruvchilarning umumiy soni 2016-yil

  • 139,134 nafar[3].

Shtat hukumati Arizonaning eng yirik ish beruvchisi boʻlib, Banner Health esa 39000 dan ortiq ishchilari boʻlgan shtatdagi eng yirik xususiy ish beruvchidir (2016). 2016-yil mart holatiga koʻra, shtatda ishsizlik darajasi 5,4% ni tashkil etdi[4]. Arizonadagi bandlik koʻrsatkichi eng yuqori boʻlgan sohalar (2014-yil avgust, qishloq xoʻjaligidan tashqari):

Sohalar Ishchilar (ming birlikda)
Savdo, transport va kommunal xizmatlar 488.6
Hukumat boshqaruvi 408.5
Taʼlim va sogʻliqni saqlash 392.1
Jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish 384.2
Dam olish va mehmonxona xizmati 286.4
Moliyaviy faoliyat 193.2
Ishlab chiqarish 156.0
Qurulish 118.2
Boshqa xizmatlar 88.2
Axborot xizmati 41.8
Kon sanoati va oʻrmon xoʻjaligi 13.7

Yirik ish beruvchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

The Arizona Republic maʼlumotlariga asosan, 2016-yil holatiga koʻra shtatdagi eng yirik xususiy ish beruvchilar[5]:

Oʻrin Korxona Ishchilar soni Soha
1 Banner Health 39,800 Sog'liqni saqlash
2 Walmart Stores, Inc. 34,900 Chakana savdo tarmogʻi
3 Kroger Co. 16,900 Baqqol doʻkonlari
4 McDonald’s Corp. 15,200 Umumiy ovqatlanish
5 Wells Fargo & Co. 15,100 Moliyaviy xizmatlar
6 Albertsons Inc. 14,500 Baqqollik doʻkonlari, dorixona
7 Intel Corp. 11,300 Yarimo'tkazgichlar ishlab chiqarish
8 HonorHealth 10,600 Sog'liqni saqlash
9 American Airlines 10,000 Aviakompaniya
Home Depot Inc. 10,000 Chakana savdo uy shaoitini yaxshilash
Honeywell International Inc. 10,000 Aerokosmik ishlab chiqarish
12 Bank of America Corp. 9,800 Moliyaviy xizmatlar
13 Raytheon Co. 9,600 Harbiy sanoat (raketa ishlab chiqarish)
14 JP Morgan Chase & Co. 9,500 Moliyaviy xizmatlar
15 Bashas' Supermarkets 8,500 Baqqol doʻkonlari
16 Target Corp. 8,200 Chakana savdo tarmogʻi
17 Freeport-McMoRan Copper & Gold Inc. 8,000 Kon sanoati
18 Dignity Health 8,000 Sog'liqni saqlash
19 CVS Health 7,200 Dorixonalar tarmogʻi
20 American Express Co. 7,100 Moliyaviy xizmatlar
21 Circle K Corp. 6,800 Minimarket tarmogʻi
22 UnitedHealthcare 6,000 Sog'liqni saqlash
23 Pinnacle West Capital Corp. 6,400 Elektr ta'minoti
24 Mayo Foundation 6,300 Sog'liqni saqlash
25 Amazon.com 6,000 Elektron tijorat

Soliqqa tortish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arizonada daromad soligʻini besh xil koʻrinishda yigʻadi: 2,59%, 2,88%, 3,36%, 4,24% va 4,54%[6]. Shtat savdo imtiyozlari soligʻi stavkasi 5.6% tashkil etadi. Koʻp holatlarda davlat va shahar savdo soliqlarida 2% qoʻshimcha foiz qoʻshadi.

Vaqtinchalik turar joy uchun shtat soliq stavkasini (mehmonxona/motel) 7,27% deb belgilagan. Arizona shtati mijozlarga uydan foydalanishda oziq-ovqat yoki litsenziyalangan shifokor yoki stomatolog tomonidan tayinlangan dori-darmonlar uchun soliq solinmaydi. Biroq, Arizonadagi baʼzi shaharlarda mijozlardan uydan foydalanishda oziq-ovqat uchun soliq solinadi.

Arizonaning barcha oʻn besh okrugida soliq undiriladi. Baʼzi bir hududlarda esa savdo imtiyozi soligʻi odatda 1% dan 3% gacha boʻladi (mehmonxona/motel soligʻi bundan mustasno). Ushbu qoʻshimcha hisob-kitoblar umumiy savdo solig'i stavkasini 10,7% gacha oshirishi mumkin.


Yagona Soliq stavkasi Umumiy Soliq stavkasi
0 – $10,000 2.59% 0 – $20,000 2.59%
$10,000 – $25,000 2.88% $20,001 – $50,000 2.88%
$25,000 – $50,000 3.36% $50,001 – $100,000 3.36%
$50,000 – $150,001 4.24% $100,000 – $300,001 4.24%
$150,001 + 4.54% $300,001 + 4.54%


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Gross Domestic Product: All Industry Total in Arizona“ (1997-yil yanvar).
  2. „News Release“. 2012-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-dekabr.
  3. „U.S. Census Bureau QuickFacts: Arizona“. 2019-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-noyabr.
  4. „Arizona Economy at a Glance“. Bls.gov. 2016-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-sentyabr.
  5. „Arizona Republic 100: Stateʼs biggest employers“. The Arizona Republic.
  6. „Arizona Income Tax Rates for 2017“. www.tax-rates.org. 2017-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-fevral.