Kontent qismiga oʻtish

Wells Fargo

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Wells Fargo & Company
Turi Ommaviy
Tarmogʻi
Qachon asos solingan 1994; 29 yil oldin Minneapolis, Minnesota, AQSh (Shimoliy-gʻarbiy Bancorporation sifatida)
1983-yil aprel ([[Norwest Corporation] va Fargo (No1))<9 / No1 kompaniya)
Joylashuvi San Francisco, California, U. S. (corporate)[1]
30 Hudson Yards[2]
New York City, U. S. (executive)[3][4]
Hududiy xizmati Worldwide
Asoschi(lari) (Wells Fargo Bank)
Rahbariyat
Mahsulot(lar)i
Aylanma daromadi 82,3 milliard AQSH dollari (2024)
Operatsion foydasi Andoza:Ortish 23,4 milliard AQSH dollari (2024)
Boyligi 1,93 trln AQSH dollari (2024)
Sof foydasi 19 142 000 000[5]
Ishchilar soni 217,000 (2024)
Shoʻba korxonalari
Vebsayti wellsfargo.com

Wells Fargo & Company – Amerikalik koʻp millatli moliyaviy xizmatlar kompaniyasi boʻlib, dunyo boʻylab sezilarli faoliyat yuritadi[6][7]. Kompaniya 35 davlatda faoliyat olib boradi va dunyo boʻylab 70 milliondan ortiq mijozga xizmat koʻrsatadi[7].

Moliyaviy barqarorlik kengashi tomonidan tizimli jihatdan muhim moliyaviy institut (systemically important financial institution) sifatida tasniflangan. Shuningdek, u AQShdagi eng yirik toʻrt bankdan biri – yaʼni shunday deb ataladigan "Katta Toʻrtlik" banklari (Big Four Banks) safiga kiradi. Boshqa uch bank – JPMorgan Chase, Bank of America va Citigroup hisoblanadi[8][9][10].

2015-yil avgust oyi holatida Wells Fargo filiallari xaritasi
Berkli, Kaliforniyadagi Wells Fargo filiali
Sobiq Wachovia filiali 2011 yil kuzida Shimoliy Karolina shtatining Durham shahrida Wells Fargoga aylantirildi.
American Express Co.ning erta tushumlari (1853, 1869)
San-Fransiskodagi Wells Fargo bankida Rojdestvo sovgʻalari bilan Stagecoach
Wells Fargo & Co. Express binosi taxminan 1860, Stokton, Kaliforniya
Loy vagon – Wells Fargo AQSh pochta xizmati
Wells Fargo & Co. Pony Express bekor qilingan 2 dollarlik marka va 10 sentlik shtamplangan konvert, 1861 yil iyun oyida San-Frantsiskodan Nyu-York shahriga 12 kun ichida yetkazilgan.

Wells Fargo & Company’ning asosiy shoʻba korxonasi bu – Wells Fargo Bank, N. A. boʻlib, bu milliy bank oʻzining bosh ofisi sifatida Sioux Falls, Janubiy Dakota shahrini belgilagan. Shu sababli, aksariyat AQSh federal sudlari tomonidan ushbu bank Janubiy Dakota shtati fuqarosi sifatida qabul qilinadi[7].

Wells Fargo – umumiy aktivlar hajmi boʻyicha AQShdagi toʻrtinchi yirik bank hisoblanadi. Shuningdek, depozitlar va bozor kapitallashuvi boʻyicha ham mamlakatdagi yetakchi banklardan biri sanaladi. Kompaniya 8 050 ta bank filialiga, 13 000 dan ortiq bankomatga va 2 000 ta ipoteka boʻlimiga ega[11]. Wells Fargo AQShda chakana ipoteka kreditlari boʻyicha ikkinchi yirik kredit beruvchi tashkilot boʻlib, mamlakatdagi har toʻrtinchi uy kreditini aynan ushbu bank orqali beriladi[7]. U $1,8 trillion hajmidagi ipoteka portfeliga xizmat koʻrsatadi – bu esa AQShdagi eng yirik xizmat koʻrsatish portfellaridan biridir. Kompaniya dunyodagi eng qimmatli bank brendlaridan biri hisoblanadi[12][13].

Fortune 500 roʻyxatida Wells Fargo AQShning eng yirik kompaniyalari orasida 47-oʻrinni egallaydi[14].

Bank xizmatlaridan tashqari, kompaniya uskunalarni moliyalashtirish (masalan, Wells Fargo Rail orqali), sarmoya boshqaruvi va brokerlik xizmatlarini ham koʻrsatadi. Wells Fargoʻning asosiy biznes strategiyalaridan biri bu – kross-sotuv (cross-selling) yaʼni mavjud mijozlarga boshqa xizmatlarni taklif qilish. Aynan shu strategiya keyinchalik Wells Fargo kross-sotuv mojarosiga sabab boʻlgan[15][16][17][18]. Wells Fargoʻning xalqaro ofislari quyidagi shaharlarda mavjud: London, Dublin, Parij, Milan, Dubay, Singapur, Tokio, Shanxay, Pekin, Toronto va boshqalar[19]. Shuningdek, Hindiston va Filippindagi „back-office“ (qoʻllab-quvvatlovchi xizmatlar) markazlarida 20 000 dan ortiq xodim ishlaydi[20].

Eʼtiborga molik jihatlardan biri shuki, Wells Fargo – milliy darajadagi birinchi yirik AQSh banki boʻlib, unda kasaba uyushmasi muvaffaqiyatli tashkil etilgan. 2024-yil holatiga koʻra, 20 ta filial boʻlimi bir yil ichida Wells Fargo Workers United-CWA (Communications Workers of America kasaba uyushmasining boʻlimi) tarkibiga qoʻshilgan[21].

Wells Fargo AQShda berilgan birinchi milliy bank litsenziyasi – Charter No. 1 ostida faoliyat yuritadi. Ushbu litsenziya 1863-yil 20-iyunda First National Bank of Philadelphia bankiga Valyuta nazorati boshqarmasi tomonidan berilgan[22].

Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan Wells Fargo kompaniyasi 1998-yilda asl Wells Fargo & Company va Minneapolis shahrida joylashgan Norwest Corporation birlashishi natijasida tashkil topgan. Yangi tashkil topgan kompaniya „Wells Fargo“ nomini saqlab qolgan va bosh qarorgohni San-Fransisko shahriga koʻchirgan. Shu bilan birga, Norwestʼning bank shoʻbasi Wells Fargoʻning Sioux Fallsdagi bank boʻlinmasi bilan birlashgan.

2008-yilda esa kompaniya Charlotte shahrida joylashgan Wachovia bankini sotib olish orqali mamlakat boʻylab keng tarmoqga ega boʻlgan bankka aylandi – yaʼni "qirgʻoqdan qirgʻoqgacha" faoliyat yurituvchi moliyaviy institutga aylandi.

  1. „Locations - A World of Opportunity.“. Wells Fargo. Qaraldi: 2024-yil 26-may.
  2. „Newsroom Wells Fargo Announces Expansion at Hudson Yards“. New York: Wells Fargo (2023-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
  3. Wack, Kevin. „How New York became Wells Fargo's new center of power“. American Banker (2020-yil 26-fevral).
  4. „Wells Fargo Manhattan Headquarters“. Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
  5. (unspecified title)
  6. Wack, Kevin. „How New York became Wells Fargo's new center of power“. American Banker (2020-yil 26-fevral).
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named AR
  8. „FRB: Large Commercial Banks“.
  9. O'Daniel, Adam. „Wells Fargo to open new Charlotte trading floor in Duke Energy Center“. American City Business Journals (2012-yil 1-noyabr).
  10. „PHOTOS: First look at Wells Fargo Securities' new trading floor“. American City Business Journals (2012-yil 29-noyabr).
  11. Fox, Zach; Gull, Zuhaib. „Quicken overtakes Wells Fargo as nation's No. 1 mortgage originator“. S&P Global (2020-yil 16-iyul).
  12. Gray, Melinda „Wells Fargo Tops List of World's Most Valuable Bank Brands“. Chicago Agent (2014-yil 7-fevral).
  13. „The Top 500 Banking Brands, 2014“. The Banker. February 3, 2014. 2023-04-05da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2025-07-20.
  14. „Fortune 500: Wells Fargo“. Fortune.
  15. Tayan, Brian. „The Wells Fargo Cross-Selling Scandal“. Harvard Law School (2016-yil 19-dekabr).
  16. Egan, Matt. „Wells Fargo dumps toxic 'cross-selling' metric“. CNN (2017-yil 13-yanvar).
  17. Smith, Randall. „In Tribute to Wells, Banks Try the Hard Sell“. The Wall Street Journal (2011-yil 28-fevral).
  18. Touryalai, Halah. „The Art Of The Cross-Sell“. Forbes (2012-yil 25-yanvar).
  19. „International Locations“ (2024-yil 12-yanvar).
  20. „Why US banking giant Wells Fargo is creating back-office jobs in India“. Firstpost (2012-yil 22-iyun).
  21. „Wells Fargo Workers Win First-Ever Union Election“. Firstpost (2023-yil 20-dekabr).
  22. Babal, Marianne „Charter Number 1“. Wells Fargo (2019-yil 14-mart). 2023-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 20-iyul.