Aravonsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

AravonsoyAndijon viloyatidagi soy. Qirg‘iziston hududidagi Qizilqo‘rg‘on va Otyaylov tizmalaridan boshlanadi. Uz. 90 km. Tog‘ oraliklarida tor va chuqur daralardan oqadi. Qor va muzdan suv oladi. Suv yig‘adigan havza maydoni 464 km². Havzasida 18 kichik muzlik bor. O‘rtacha yillik suv sarfi 7 m³/sek. Yillik suv sarfining qariyb 1/3 qismi yer osti suviga to‘g‘ri keladi. Mart – sentabrda sersuv. Vegetatsiya davrida qariyb 80% suv sug‘orishga sarf bo‘ladi. A. Asaka tumani yerlarini sug‘oradi, muz-lamaydi. A.ning quyi oqimi sohilida Aravon shaharchasi joylashgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil