Aram Vardanyan
| Aram Vardanyan | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | erkak |
| Tavallud paytidagi ismi | arman. Արամ Վարդանյան |
| Fuqaroligi |
|
| Tavallud sanasi | 1995-yil 11-noyabr |
| Boʻyi | 175 sm |
| Vazni | 72 kg |
| Sport | |
| Qaysi sport | Yunon-rum kurashi |
| Medallar | |
|
Jahon chempionatlari
Osiyo chempionati
Osiyo yakkakurashlari va yopiq inshootlardagi oʻyinlari | |
Aram Simonovich Vardanyan (Arm. Արամ Սիմոնի Վարդանյան; 1995-yil 11-noyabrda tugʻilgan) — kelib chiqishi arman boʻlgan oʻzbek yunon-rum kurashchisi. Jahon chempionati va Osiyo chempionatlari sovrindori. Aralash yakkakurash boʻyicha mashhur jangchi Eduard Vartanyanning amakivachchasi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1995-yilda tugʻilgan. Toshkent shahri Uchtepa tumani „Nayman“ mahallasi sportchisi.
2016-yilda 66 kilogrammgacha vazn toifasida Bangkokda oʻtkazilgan Osiyo chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritgan. Ikki yildan soʻng u Bishkekdagi Osiyo chempionatida uchinchi boʻlib, ammo boshqa vazn toifasida 72 kilogrammgacha boʻlgan musobaqada muvaffaqiyatini takrorlagan.
2017-yilda yakkakurash boʻyicha Osiyo oʻyinlarida va 2017-yili Ashxobodda boʻlib oʻtgan yopiq inshootlardagi musobaqada 71 kilogrammgacha vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2019-yil Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari oldidan sayyora chempionatida 72 kilogramm vazn toifasida Aram finalda rossiyalik polvon Mantsigov Abuyazidga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Российский борец греко-римского стиля Манцигов завоевал золото на чемпионате мира“. ТАСС. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.